Tarixda bugun 24.12.2019

Turkiya va dunyo tarixida 24-dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1328671
Tarixda bugun 24.12.2019

1524-yilning 24-dekabri kuni Yevropadan yo’lga chiqib to’g’ridan-to’g’ri Hindistonga yo’l olgan birinchi kashfiyotvhi portugaliyalik Vasco da Gama Hindistonda vafot etdi.

***

1867-yilning 24-dekabri kuni turk adabiyotida g’arblashish harakati yetakchilaridan shoir va mutafakkir Tevfik Fikret Istanbulda dunyoga keldi.

***

1865-yilning 24-dekabri kuni AQShdagi ichki urush ortidan quldorchilikni qo’llab-quvvatlagan Konfederatsiya armiyasining ofitserlari Tennessi shtatidagi Pulaski shahrida “Ku Klux Klan” deb nomlangan ijtimoiy klub tashkil etdi. Mazkur klub qisqa vaqt ichida AQShdagi irqchilikning markaziga aylandi.

***

1951-yilning 24-dekabri kuni Ikkinchi Jahon urushi ortidan Liviya mustaqilligini e’lon qildi. Mamlakat 1969-yildagi Kaddafiyning harbiy to’ntarishigacha qirollik tizimida boshqarildi.

***

1963-yilning 24-dekabri kuni Kiprdagi qurolli greklar “Qonli Noel” hujumlari chog’ida Lefkoshada xizmat qilayotgan mingboshi Nihat Ilhan oilasini ham nishonga oldi. Ilhanning rafiqasi Muruvet Ilhan va farzandlari Murat, Kutsi va Hakan grek terroristlar tomonidan uyushtirilgan hujumda uylarida jon berdi.

***

1964-yilning 24-dekabri kuni Hindiston va Shri Lankadagi to’fonda 7 ming kishi jon berdi.

***

1979-yilning 24-dekabri kuni sobiq Sovet ittifoqining Afg’onistonni bosib olish harakatlari boshladi. Mujohidlarning 10 yil davom etgan kurashi natijasida Sovet askarlari 1989-yili Afg’onistondan chiqib ketishga majbur bo’ldi.

***

1976-yilning 24-dekabri kuni Turkiyaning Van viloyatining Chaldiran tumanida yer silkinishi yuz berdi. Atrofdagi viloyat va tumanlarda ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatgan ofatda jami 3 ming 840 kishi jon berdi.

 



Aloqador xabarlar