Tarixda bugun 07.11.2019
Turkiya va dunyo tarixida 7-noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1665-yilning 7-noyabri kuni Britaniyaning eng nufuzli rasmiy gazetasi The London Gazette birinchi marotaba chop etildi.
***
1867-yilning 7-noyabri kuni radiy elementini kashf qilgan, ikki marotaba Nobel mukofatiga sazovor bo’lgan Mariya Kyuri Polshada dunyoga keldi.
***
1913-yilning 7-noyabri kuni “Vabo”, “Isyonkor odam”, “Baxtli o’lim” degan asarlarni qalamga olgan Nobel mukofati sovrindori fransuz yozuvchi Albert Kamyun Jazoirda dunyoga keldi.
***
1917-yilning 7-noyabri kuni Rossiyada fevral oyida Chor hukumatining yiqilishi ortidan Lenin yetakchiligidagi Bolsheviklar, Petrogradda nazoratni qo’lga oldi va tarix sahifalarida “Oktabr inqilobi” deb qalamga olingan davr boshladi.
***
1918-yilning 7-noyabri kuni gripp epidemiyasi Tinch okeandagi G'arbiy Samoa orolida ommaviy o'limlarga yo’l ochdi. Bu vaziyat yilning oxiriga borib aholi sonining 20 foizini tashkil etgan 7500 dan ortiq insonning umriga zomin bo’ldi.
***
1921-yilning 7-noyabri kuni Italiyada Benito Mussolini yetakchiligidagi Milliy Fashist partiyasi tashkil topdi.
***
1982-yilning 7-noyabri kuni davr yetakchiligi tomonidan tayyorlangan konstitutsiya uchun Turkiyada referendum o’tkazildi. Natijada yangi konstitutsiya 91.37 foizlik ovoz bilan qabul qilindi. 12-sentabr ortidan Davlat rahbari bo’lgan armiya rahbariyati lideri Kenan Evren ham Prezident etib saylandi.
***
1996-yilning 7-noyabri kuni Nigeriya havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i Lagos yaqinlarida yerga quladi va oqibatida 143 kishi jon berdi.
Aloqador xabarlar

Tarixda bugun 31.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 31 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.

Tarixda bugun 30.12.2020
Turkiya va dunyo tarixida 30 - dekabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to‘plami.