Tarixda bugun 05.11.2019

Turkiya va dunyo tarixida 5-noyabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1300535
Tarixda bugun 05.11.2019

1605-yilning 5-noyabri kuni Britaniya qiroli James I va protestant aristokratlarni o’ldirishni ko’zda tutgan britaniyalik katoliklarning fitnasi o’rtaga chiqarildi. Suiqasdchi Gay Foks, Vestminster saroyida o’rin olgan parlament binosini portlatishidan hamon oldin qo’lga tushirildi. Voqea Britaniyaning siyosiy tarixida, “Poroxli til biriktiruv” degan nom bilan qayd etilgan.

***

1914-yilning 5-noyabri kuni Rossiya ortidan Britaniya bilan Fransiya ham Usmoniy imperiyasiga qarshi urush e’lon qildi. Britaniya shuningdek 1878-yildan beri yetakchiligini o’z qo’liga olgan Kiprni o’z tarkibiga qo’shib oldi.

***

1922-yilning 5-noyabri kuni Ismet poshsho yetakchilidagi TBMM hay’ati, Lozanna konferentsiyasida ishtirok etish uchun Shveytsariyaga jo’nab ketadi.

***

1986-yilning 5-noyabri kuni 1941-yili Istanbulda yuz bergan yong’in tufayli foydalanishdan chiqqan va viloyatning Fener tumanida joylashgan yunon pravoslav patriarxining qayta tiklanishiga ruxsat berildi.

***

1991-yilning 5-noyabri kuni Filippinda yuz bergan sel falokatida qariyb 7 ming kishi jon berdi.

***

2006-yilning 5-noyabri kuni Ikkinchi Ko’rfaz urushi ortidan qochqinga aylangan va Tikrit shahriga yaqin nuqtada qo’lga tushgan Iroqning vazifasidan haydalgan lideri Saddam Husayn, sud hukmi bilan o’lim jazosiga mahkum qilindi. Sud 1982-yili Dujayl shahrida 142 nafar iroqlik shia musulmonlarining o’ldirilishidan Saddam Husaynni javobgar deb topdi. O’lim jazosining Oliy sud tomonidan tasdiqlanishi ortidan Saddam Husayn 30-dekabr kuni Bog’dodda dorga osildi.

***

2006-yilning 5-noyabri kuni 1974-yili Kiprdagi tinchlik harakati orqali butun dunyoga tanilgan Turkiyaning sobiq bosh vaziri Bulent Ejevit, poytaxtdagi GATA kasalxonasida vafot etdi.

 



Aloqador xabarlar