Tarixda bugun 31.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 31-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami

1260932
Tarixda bugun 31.08.2019

1876-yilning 31-avgusti kuni Usmoniy Sultoni Murat V taxtdan tushirildi. Uninig o’rniga inisi Abdulhamid II podishox bo’ldi.

***

1913-yilning 31-avgusti kuni G’arbiy Trakiya Turk Respublikasi tashkil topdi. Lekin mazkur yangi davlatning umri faqatgina 57 kun davom etdi.

***

1918-yilning 31-avgusti kuni Sulton Rashidning o’limi ortidan Vahdettin oxirgi Usmoniy sultoni sifatida taxtga o’tirdi.

***

1986-yilning 31-avgusti kuni Meksikaning yo’lovchi uchog’i bilan kichik uchoqlardan biri AQShning Kaliforniya shtatida bir-biri bilan to’qnashdi. Voqea chog’ida uchoqlardagi 67 kishi bilan yerdagi 15 kishi jon berdi.

***

1986-yilning 31-avgusti kuni Qora dengizda Sovet ittifoqining yo’lovchi kemalaridan biri tanker bilan to’qnashib ketdi va oqibatida 423 kishi jon berdi.

***

1991-yilning 31-avgusti kuni Qirg’iziston Sovet ittifoqi tarkibidan ajralib, o’z mustaqilligini e’lon qildi.

***

1997-yilning 31-avgusti kuni Britaniya malikasi Diana Parijdagi avtohalokda sevgilisi Dodi al-Fayoz bilan vafot etdi.

***

1999-yilning 31-avgusti kuni Argentina poytaxti Buenos-Airesda LAPA Havo yo’llariga oid yo’lovchi uchog’i, uchish uchun ko’tarilar chog’ida yerga quladi va oqibatida 80 kishi jon berib, 26 kishi tan jarohati oldi.

***

2005-yilning 31-avgusti kuni Bog’doddagi ko’priklardan birida yuzaga kelgan tiqilinch tufayli mingdan ortiq Iroq fuqarosi jon berdi.

***

2010-yilning 31-avgusti kuni Iroq urushi, AQSh Davlat rahbari Barack Obamaning ma’ruzasi bilan rasmiy ravishda to’xtatildi.

 



Aloqador xabarlar