Tarixda bugun 17.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 17-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1253788
Tarixda bugun 17.08.2019

1787-yilning 17-avgusti kuni Usmoniy-rus urushi e’lon qilindi. Avstriya-Vengriya imperatorligi ham ruslarni qo’llab-quvvatladi. Shuning uchun ham urush 5 yil davom etdi.

1943-yilning 17-avgusti kuni Ikkinchi jahon urushida ittifoqchilar qo’shini Sitsiliyani qo’lga kiritdi.

1945-yilning 17-avgusti kuni Indoneziya Niderlandiyadan ajralib o’z mustaqilligini e’lon qildi. Undan oldin Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya, unga qarshi qurolli kurash olib borar ekan natijada nafaqat ishg’oldan qutildi balki Niderlandiyadan ham ajralib o’z mustaqillgini e’lon qildi.

1949-yilning 17-avgusti kuni Turkiyaning Erzurum, Bing’ol va Bingo’lning Karliova tumanida yuz bergan 6.7 magnitudali yer silkinishi oqibatida 450 kishi jon berdi.

1969-yilning 17-avgusti kuni AQShdagi Camille to’fonida 248 kishi jon berdi.

1978-yilning 17-avgusti kuni Eronda Shox rejimiga qarshi ichki urush boshlatildi.

1987-yilning 17-avgusti kuni Germaniyaning fashist liderlaridan Rudolf Hess, hujrasida o’z joniga qasd qildi. Hess, 1941-yili o’zi boshqargan uchoq orqali Shotlandiyaga qo’nganidan keyin nazorat ostiga olinar ekan Nyurnberg Sudi tomonidan javobga tortildi. Buning natijasdia esa bir umrga qamoq jazosiga tortilgandi.

1988-yilning 17-avgusti kuni Pokiston Davlat rahbari Ziya-ul Hak, aviatsiya halokatida halok bo’ldi.

1996-yilning 17-avgusti kuni Rossiya bilan Checheniston o’q uzishni to’xtatish shartnomasiga qo’l qo’ydi.

1999-yilning 17-avgusti kuni Turkiyaning Marmara hududida tarixning eng yirik yer silkinishlaridan biri yuz berdi. Roppa-rosa 7.4 magnitudali yer silkinishi atigi 45 soniya davom etdi. Unda 18 ming 373 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 48 ming 901 kishi tan jarohati oldi. Yuz minglab kishi uy-joysiz qoldi. Buzilgan uy-joy va ishxona soni 245 mingdan ortdi.



Aloqador xabarlar