Tarixda bugun 06.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 6-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1248887
Tarixda bugun 06.08.2019

1682-yilning 6-avgusti kuni Usmonli va Avstriya-Vengriya imperatorliklari o’rtasida II Vena qamali bilan natijalanadigan urush e’lon qilindi.

1914-yilning 6-avgusti kuni Birinchi Jahon urushi yoyila boshladi. Serbiya Germaniyaga, Avstriya-Vengriya imperatorligi esa Rossiyaga urush e’lon qildi.

1915-yilning 6-avgusti kuni Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya askarlari Chanoqqal’aning Anafartalar tumanida quriqlikka chiqdi.  

1924-yilning 6-avgusti kuni Turkiyaning qurilishini e’lon qilgan Lozanna shartnomasi kuchga kirdi

1926-yilning 6-avgusti kuni Gertrude Ederle Li-Mansh dengizini suzib o’tgan birinchi ayol degan nomga ega bo’ldi.

1945-yilning 6-avgusti kuni AQSh birinchi atom bombasini Yaponiyaning Hiroshima shahriga otdi. Oqibatida qariyb 80 ming kishi jon berdi. Atrofda tarqagan radiatsiya natijasida paydo bo’lgan kasallik natijasida jon berganlar soni 200 mingdan ortdi.

1946-yilning 6-avgusti kuni “Rocky” va “Rambo” filmlaridagi bosh rollari bilan dunyoga tanilgan Sylvester Stallone, Nyu-Yorkda dunyoga keldi.

1997-yilning 6-avgusti kuni Koreya havo yo’liga oid Boeing 747 rusumidagi yo’lovchi uchog’i Guam orolida yerga qonar chog’ida quladi va oqibatida 228 kishi jon berdi.

 



Aloqador xabarlar