Tarixda bugun 14.07.2019

Turkiya va dunyo tarixida 14-iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1235426
Tarixda bugun 14.07.2019

1683-yilning 14-iyuli kuni merzifonlik Qora Mustafa poshsho yetakchiligidagi Usmoniy qo’shinlari ikkinchi Vena qamalini boshlatdi.

1700-yilning 14-iyuli kuni Usmoniy davlati Chor Rossiyasi bilan Istanbul shartnomasiga qo’l qo’ydi.

1789-yilning 14-iyuli kuni fransuzlar qirollikka qarshi isyon ko’tardi. Xalq, Parijdagi Bastiliya qamoqxonasidagi maxbuslarni ozod etdi. Respublikaning boshlang’ichi hisoblangan 14-iyul kuni fransuzlarning milliy bayrami bo’lib qoldi.

1933-yilning 14-iyuli kuni Germaniyada natsistlar muxolafat harakatlarini boshlatdi.

1936-yilning 14-iyuli kuni Turkiya olimpiadalarda birinchi marotaba oltin medalni qo’lga kiritdi. Yashar Erkan, Berlin olimpiadalari doirasida, kurash bo’yicha 61 kilogram vaznda birinchi o’rinni egalladi.

1958-yilning 14-iyuli kuni Iroqda to’ntarish yuz berdi. Shu doirada Qirol Faysal II va Bosh vazir Nuriy Said poshsho o’ldirildi.

1969-yilning 14-iyuli kuni AQShda $500, $1,000, $5,000 va $10,000 qiymatidagi banknotlar rasmiy ravishda muomaladan chiqarildi.

2003-yilning 14-iyuli kuni AQSh hukumati, o’ta mahfiy loyihalar amalga oshiriladigan Nevada shtatidagi “51-hudud”ning borligini qabul qildi.

 

 



Aloqador xabarlar