Tarixda bugun 29.06.2019

Dunyo tarixida 29-iyun kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1227293
Tarixda bugun 29.06.2019

1871-yilning 29-iyuni kuni birinchi kasaba uyushmasi qonuni Buyuk Britaniya parlamentida tasdiqlandi.

1913-yilning 29-iyuni kuni ikkinchi bolqon urushi boshladi. Bolqon urushlari Usmoniy davlatining Bolqon tuprog’idagi to’rtta davlatga qarshi 1912-1913-yillari bergan kurashidir.

1934-yilning 29-iyuni kuni Turkiyaning Bitlis shahrida yashagan Zaro og’a 157 yoshida vafot etdi. Uning ichki organlari tibbiy tekshiruv maqsadida olib qo’yildi.

1939-yilning 29-iyuni kuni Hatay Davlat majlisi, bir ovozdan Turkiyaga qo’shilish haqida qaror qabul qildi.

1991-yilning 29-iyuni kuni Sloveniya va Xorvatiyaning mustaqilliklarini e’lon etishi ortidan Yugoslaviyada ichki urush boshladi.

2002-yilning 29-iyuni kuni Dunyo kubogida Turkiya milliy futbol terma jamoasi Janubiy Koreyani 3-2 hisobiga mag’lub qilib, uchunchi o’rinni qo’lga kiritdi.



Aloqador xabarlar