Tarixda bugun 08.06.2019

Dunyo tarixida 8-iyun kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1211381
Tarixda bugun 08.06.2019

1936-yilning 8-iyuni kuni respublika davrida ish, ishchi, ish beruvchi munosabatini tartibga soluvchi birinchi keng ko’lamli qonun hisoblangan “Ish qonuni” Turkiya Buyuk Millat Majlisida qabul qilindi.

1958-yilning 8-iyuni kuni Istanbuldagi Beyazit maydonida Kiprda yashagan turklarning yashash huquqlari va ularga o’tkazilgan tazyiqlarga e’tiroz bildirish uchun 300 ming kishi ishtirokida, “Yo Taksim, yo o’lim” degan miting uyushtirildi.

1985-yilning 8-iyuni kuni Mustafa Kemal Ataturkning manaviy qizi, respublikaning birinchi professorlaridan biri bo’lgan tarixchi va sotsiolog Afet Inan vafot etdi.

2010-yilning 8-iyuni kuni Izmir va Izmirga qarashli tumanlarda ayol fermerlar, Turkiyaning birinchi “Ayol fermerlari ittifoqi”ni tashkil etdi.

1970-yilning 8-iyuni kuni Ehtiyojlar zinasi ierarxiyasi bilan tanilgan amerikalik psiholog professor Abraham Harold Maslou vafot etdi.



Aloqador xabarlar