Tarixda bugun 03.06.2019

Dunyo tarixida 03-iyun kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1213084
Tarixda bugun 03.06.2019

1098-yilning 3-iyuni kuni xristian olami tomonidan uyushtirilgan solib yurishlarida, 8 oy davom etgan qurshov ortidan Antakya, solibchilarning nazoratiga o’tdi.  

1926-yilning 3-iyuni kuni Turkiyada xalqning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, kerakli kreditlarni ta’minlash va yetim haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida Ataturkning buyrug’i asosida Emlak va Eytam banki tashkil topdi.

1964-yilning 3-iyuni kuni futbolning ordinaryusi degan nom bilan tanilgan Lefter Kuchukandonyadis, Fenerbaxche-Beshiktosh o’rtasida yubiley munosabati bilan o’tkazilgan musobaqada futbol bilan xayrlashdi. 

1963-yilning 3-iyuni kuni fikrlari yuzasidan umrining yirik qismini turmada yoki badarg’ada o’tkazgan, she’rlari dunyoning ellikdan ortiq tiliga tarjima qilingan taniqli Turk shoiri Nozim Hikmat Ran, badarg’a chog’ida umr surgan Moskva shahrida vafot etdi.

1996-yilning 3-iyuni kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan uyushtirilgan aholi punktlari bo’yicha konferentsiya Xabitat-II Istanbulda boshladi.



Aloqador xabarlar