Tarixda bugun 26.02.2019

Tarixda, 26-fevral kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1152871
Tarixda bugun 26.02.2019

1925-yilning 26-fevrali kuni “tamaki monopoliyasi” bekor qilindi Qrim urushidan keyin Usmoniy imperiyasi bankrot bo’lganligini tan olib, qarzlarini to’lay olmaganligini e’lon qildi. Qarzlarni to'lashda uchta chet el banki soliqlarni yig'ishga qaror qildi. Mazkur tizim, “Tamaki monopoliyasi” deb nomlandi. Ular, mamlakatda o’stirilgan tamakini, o’zlari qo’ygan narx ustidan ola boshladi. Bu vaziyatda qishloqliklar o’zlari o’stirgan tamakidan, o’zlariga ajratib qolish imkonini ham qo’ldan boy berdi. Huddi tamakidek tuz va qahvadan olingan soliqlarni ham yuqorida nomi tilga olingan va chet ellik uchta guruh tomonidan tashkil etilgan monopoliya yig’ardi. Kamiga tamaki monopoliyasi qishloq aholisi uchun vahshiyona va zo'ravonlik bilan ish yuritgan qurollangan kishilarni yolladi. Hatto 42 yil davom etgan bu jarayonning qariyb 20 000 kishining o’limiga yo’l ochganligi iddio etilmoqda. Tashkil topgan yosh Turkiya Respublikasi bunga nuqta qo’yish uchun 1925-yilning 26-fevrali kuni “Tamaki monopoliyasi”ni bekor qildi.

1985-yilning 26-fevrali kuni Turk kinosining eng taniqli aktyorlaridan biri bo’lgan Tarik Akin 35-Berlin Film festivalida hakamlar hay'atining maxsus mukofatiga sazovor deb topildi. Mazkur mukofat Tarik Akinga, Zeki O’kten rejissyorligidagi “Pehlivan” filmidagi roli uchun taqdim etildi. Lekin, 12-sentabr to’ntarishiga bo’lgan munosabati tufayli unga pasport berilmadi va Tarik Akin mukofatini olish uchun Festivalga borolmadi.

1992-yilning 26-fevrali kuni Ozarbayjonning Xo’jali shahriga kirib borgan qurolli arman guruhi, Ozarbayjon turklaridan 613 kishini o’ldirdi. Tarix sahifalarida “Xo’jali qatliomi” degan nom bilan o’rin olgan bu voqea Ozarbayjonga qarashli Tog’li Qorabog’ avtonom viloyatining Armaniston tarkibiga kiritilishini xohlagan armanlar bilan bunga qarshi chiqqan turklar o’rtasida davom etgan “Qorabog’ urushi” chog’ida bo’ldi. Inson huquqini himiya qiluvchi tashkilot Xo’jali qatliomini Tog’li Qorabog’ning bosib olinishidan keyingi eng yirik va tinch aholini nishonga olgan qatliom deb baholadi. Hujumda jami 613 nafar Ozarbayjon fuqarosi o’ldirilar ekan ulardan 106 nafari ayol kishi, 83 nafari yosh boladan iborat.    



Aloqador xabarlar