O'zbek futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolaydi
"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, SSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi klub prezidenti Ali Chamli.
![O'zbek futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolaydi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/d176/44e2/2e0c/58467148d91e9.jpg?time=1722045169)
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.
27 yoshli futbolchi "Kayserispor" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Bu haqda klub prezidenti Ali Chamli ma’lumot berdi.
"Biz "Frozinone" klubi hujumchisi Mehdi Burabiya, SSKA Sofiya forvardi Dukens Nazon va "Fotih Karagumruk" yarim himoyachisi Otabek Shukurov bilan kelishuvga erishdik", — dedi Chamli.
"Kayserispor" klubi Turkiya chempionatining joriy mavsumida 24 o‘yindan keyin 29 ochko bilan 13-pog‘onani egallab turibdi.
Aloqador xabarlar
![Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/68c9/9998/99bd/66a37baada194.jpg?time=1722045169)
Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi
Turkiya 15ta oltin, 13ta kumush va 24ta bronza medal bilan o'yinlarni ikkinchi o'rinda yakunladi.
![Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/9707/2f3d/17a4/66a1f64abebf8.jpg?time=1722045169)
Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2
"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining futbol bo'yicha ilk musobaqalari yakunlandi.