Antaliyadagi musobaqada o'zbek qilichbozlar oltin medallarni qo‘lga kiritdi
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
![Antaliyadagi musobaqada o'zbek qilichbozlar oltin medallarni qo‘lga kiritdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/9270/f33a/3508/656f0b334dc9c.jpeg?time=1722042494)
Turkiyaning Antaliya shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
O'zbek qilichbozlar Xalqaro qilichbozlik federasiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etildi.
Ular musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Qizlar esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.
Aloqador xabarlar
![Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/68c9/9998/99bd/66a37baada194.jpg?time=1722042494)
Yevropa universiada o'yinlarida Turkiya 2-o'rinni egalladi
Turkiya 15ta oltin, 13ta kumush va 24ta bronza medal bilan o'yinlarni ikkinchi o'rinda yakunladi.
![Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/9707/2f3d/17a4/66a1f64abebf8.jpg?time=1722042494)
Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya 1-2
"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining futbol bo'yicha ilk musobaqalari yakunlandi.