Konyadagi V Islom birdamlik o‘yinlarida O’zbekistondan 268 nafar sportchi ishtirok etadi

Mazkur nufuzli sport o‘yinlarida O’zbekistonning gandbol, voleybol hamda basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoalari ham medallar uchun kurash olib boradi.

1859055
Konyadagi V Islom birdamlik o‘yinlarida O’zbekistondan 268 nafar sportchi ishtirok etadi

 

Joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Mazkur nufuzli sport o‘yinlarida O’zbekistondan ham qator sportchilar ishtirok etadi.

O’zbekiston Sportni rivojlantirish vazirligi ma’lum qilishicha, mazkur o‘yinlarda O’zbekistonning 268 nafar sportchilari 24 ta sport turidagi bahslarda qatnashadi.

Hozirda musobaqani yuqori saviyada tashkil etish borasida Turkiya sport tashkilotlari va tashkiliy qo‘mita tomonidan keng qamrovli ishlar olib bormoqda. 

Shu kunlarda mazkur nufuzli sport o‘yinlarida munosib ishtirok etish uchun O'zbekiston sport jamoalari qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Konya musobaqalarida qatnashishi kutilayotgan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahridagi “Gloriya” sport arenasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

Bo‘lajak o‘yinlarda O’zbekistonning gandbol, voleybol hamda basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoalari ham medallar uchun kurash olib boradi.  

Islom birdamlik o‘yinlari ilk bor 2005 yili Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilgandi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, Eronda o‘tishi belgilangan ikkinchi o‘yinlar bekor qilingan. Uchinchi Islom birdamlik o‘yinlari 2013 yili Indoneziyaning Palembang shahrida, nihoyat to‘rtinchi Islom birdamlik o‘yinlari 2017 yili Ozarbayjonning Baku shahrida bo‘lib o‘tgan.

Islom birdamlik o‘yinlari har 4 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Mazkur musobaqani o‘tkazish mas’uliyati 57 ta davlat a’zo bo‘lgan Islom birdamlik sport federatsiyasiga yuklatilgan.

 



Aloqador xabarlar