Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari o‘tkaziladi

Konya musobaqalarida qatnashishi kutilayotgan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ayni kunlarda Turkiyada tashkil etilgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

1858730
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamlik o‘yinlari o‘tkaziladi.

Shu kunlarda mazkur nufuzli sport o‘yinlarida munosib ishtirok etish uchun O'zbekiston sport jamoalari ham qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.

Konya musobaqalarida qatnashishi kutilayotgan suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ayni kunlarda Turkiyada tashkil etilgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Antaliya shahridagi “Gloriya” sport arenasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda mahoratini toblayotgan sportchilarimiz 9 avgustga qadar tayyorgarlik ko‘rishadi. Shundan so‘ng o'zbek sportchilar Konyaga yo‘l oladi.


Tanlangan kalimalar: #Konya , #V Islom birdamlik o‘yinlari

Aloqador xabarlar