Turkiyadagi musobaqada o'zbekistonlik Sofiya Karimova 3-o‘rinni egalladi

Turkiyada yakunlangan ayollar o‘rtasidagi “Grand Prix Velo Manavgat” musobaqasida o'zbekistonlik Sofiya Karimova 3-o‘rinni egalladi.

1775916

U 99,6 km masofa bo‘yicha o‘tkazilgan poygada 58 nafar velosportchi orasida marrani sovrindorlar safida kesib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu haqda O'zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mazkur bahslarda ishtirok etgan o'zbek sportchilardan Nafosat Koziyeva 14-pog‘onani, Madina Qahhorova 26, Shahnoza Abdullayeva 29, Anna Kuskova 32, Yelena Zayseva 36, Anna Kulikova 39, Irina Brezina 40 hamda Margarita Misyurina 45-o‘rinlarni egallashdi.

Aloqador xabarlar