Bu yilgi Bo’g’ozichi qit’alararo suzish musobaqasiga chet elliklarning qiziqishi katta

Bu yilgi navbatdagi Bo’g’ozichi qit’alararo suzish musobaqasiga chet elliklarning qiziqishi katta ekanligi kuzatildi. Chunki bu yilgi musobaqa uchun chet elliklarga ajratilgan kvota roppa-rosa 27 daqiqada to’ldi.

881554
Bu yilgi Bo’g’ozichi qit’alararo suzish musobaqasiga chet elliklarning qiziqishi katta

Bu yilgi navbatdagi Bo’g’ozichi qit’alararo suzish musobaqasiga chet elliklarning qiziqishi katta ekanligi kuzatildi.

Chunki bu yilgi musobaqa uchun chet elliklarga ajratilgan kvota roppa-rosa 27 daqiqada to’ldi.

Bu haqida Turkiya Milliy Olimpiyada qo’mitasi tomonidan berilgan bayonotda, qo’mitaning rasmiy veb saytida bugun soat 01:30 da boshlatilgan murojaatlar soat 01:57 da to’lganligi qayd etildi.

Murojaat tizimining ochilishidan oldin internet saytida qariyb 3 ming kishining murojaat qilishga tayyor vaziyatda kutganligi eslatilgan bayonotda, murojaatlar boshlaganida dunyoning roppa-rosa 41 davlatidan 1200 kishining murojaatining muvaffaqiyatli ravishda tamomlanganligi ta’kidlandi.

Bayonotga ko’ra shuningdek, Rossiyaga ajratilgan 450 kvotaning 13 daqaqida, Ukrainaga ajratilgan 450 kishilik kvotaning esa 22 daqiqada to’lganligiga e’tibor qaratildi.

Chet elliklarga ajratilgan jami kvotalar 27 daqiqada to’ldirilar ekan ulardan 748 tasi erkaklar, 452 tasi esa ayollar tomonidan foydalanildi.

Bu yil shu bilan o’ttizinchi marotaba uyushtiriladigan musobaqa 22-iyul haftaning yakshanba kuni Osiyo va Yevropa qit’alarini birlashtirgan Istanbul bo’g’ozida o’tkaziladi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar