Bokuda Gʻalaba kuni munosabati bilan parad uyushtirildi

1-

Bundan roppa-rosa bir yil oldin Ozarbayjon tarixida muhim hodisa ro‘y berdi. Mamlakat armiyasi Armaniston Qurolli kuchlariga qarshi olib borgan kurashi natijasida qariyb 30 yil ishg‘ol ostida bo‘lgan hududlarini qaytarib oldi. 2020-yilning 10-noyabri kuni Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolandi. O‘tgan 2020-yilning 27-sentabridan 9-noyabriga qadar roppa-rosa 44 kun davom etgan urush yakunida Qorabog‘dagi 5 ta shahar, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloq takror Ozarbayjon tasarrufiga o‘tdi. Bu orqali mamlakat hududiy yaxlitligi tiklandi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan Qorabog‘ning eng yirik shahri, bosh kenti Shusha ozod qilingan 8-noyabr, Gʻalaba kuni deb e’lon qilindi. 


Tanlangan kalimalar: Boku , parad , Gʻalaba kuni