Matbuot sharhlari 04.04.2024

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an,  oxirgi bir yildda 3-saylov muvaffaqiyatli yakunlanganini, demokratiyaga soya soladigan qayg’uli voqea sodir bo’lmaganini aytdi.

2124538
Matbuot sharhlari 04.04.2024

 

Hurriyet: “Erdo’g’an: Turk demokratiyasini butun dunyoga ko’rsatdik”

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an,  oxirgi bir yildda 3-saylov muvaffaqiyatli yakunlanganini, demokratiyaga soya soladigan qayg’uli voqea sodir bo’lmaganini aytdi. Erdo’g’an, “Bir millat sifatida Turk demokratiyasining yetukligini butun dunyoga yana bir bor ko’rsatdik” dedi.

Yeni Shafak: “Antaliyaning 3 oylik turistik mezbonlik rekordi”

2023-yilda turizm tarixida eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan Antaliyaga joriy yilning mart oyida ilk bor 500 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi. Shuningdek, u 3 oylik muddat ichida birinchi marta 1 million chegaradan oshib ketdi.

Vatan: “Dengiz savdosida rekord”

2024-yilning birinchi choragida Turkiya iqtisodiyotidagi iqtisodiy tiklanish savdo hayotda o‘z aksi bilan boshladi. Mart oyida Turkiya portlarida dengiz orqali tranzit yuk tashish 5 million 699 ming 607 tonnani tashkil etdi. Turkiya dunyoning yetakchi dengiz davlatlaridan biriga aylandi.

Sabah: “Turkiyaning kriptovalyuta birjasi ICRYPEX global miqyosda rivojlanmoqda”

Tez o'sib borayotgan ICRYPEX kriptovalyuta platformasi bo'lib, u butun dunyoda tez-tez tilga olinadi.  ICRYPEX Turkiyadan keyin global foydalanuvchilariga yangi ro'yxatlar va yangi avlod kripto yechimlarini taklif qilish niyati bilan turli geografiyalardagi xizmatlarini tezlashtirmoqda.

Star: "Turkiya Madaniy Yo'l Festivali boshlandi"

Turkiya Madaniyat Yo'li Festivali 2024 yilda ishtirokchilarga unutilmas tajriba taqdim etishga tayyorlanmoqda.

Turkiya 13-apreldan 10-noyabrgacha 16 xil shaharda sakkiz oy davomida yoyilgan madaniyat-san'at marafoni bilan festival muhitini boshdan kechiradi.

Tadbirlar orqali Turkiyaning tarixiy va madaniy boyligi nuqtai nazaridan boy tajriba taqdim etiladi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk Matbuot

Aloqador xabarlar