Matbuot sharhlari 29.03.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2122025
Matbuot sharhlari 29.03.2024

                              

Vatan gazetasi: “Oxirgi haftada 38 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuotga bergan brifingda, so’nggi bir hafta ichida Iroq va Suriya shimolini o’z ichiga olgan 38 nafar terrorist yo’q qilinganini ma’lum qildi. Shu tariqa, 1-yanvardan beri yo’q qilingan terrorchilar soni 646 nafarga yetdi, shundan 268 nafari Iroq shimolida, 378 nafari Suriya shimolida.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaning 8- gumanitar yordam kemasi G'azoga yo'l oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish raisligi tomonidan Vaqflar Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan 8- gumanitar yordam kemasi Mersin portidan G’azo tomon yo’lga chiqdi. Kemada jami 2 ming 960 tonna gumanitar yordam o’rin olgan bo’lib, ular G’azo xalqiga tarqatiladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya AQShga artilleriya snaryadlarining eng yirik eksportchisiga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qurol-aslaha va oʻq-dorilar ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchi davlatga aylangan Turkiya AQShga artilleriya snaryadlarining eng yirik eksportchisiga aylandi. AQSh Turkiyadan armiyasi uchun zarur bo'lgan minglab 155 mm kalibrli artilleriya snaryadlarini sotib oladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Stress o'lchaydigan to'plam 20dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Anqara Bilkent shahar kasalxonasi biokimyo laboratoriyasi koordinatori professor doktor O’zjan Erel tomonidan ishlab chiqilgan tanadagi kimyoviy stressni o'lchaydigan jihoz dunyoning 20dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “Milliarderlar shahri: Istanbul Yevropada ilk beshtalikka kiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Xitoyda joylashgan Hurun Report iqtisodiy platformasining "Global Rich List" ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi milliarderlarning ko’pi Nyu-York va Londonda yashaydi. Turkiyaning Istanbul shahri dunyoda ilk 25 talik, Yevropada esa, ilk 5 talik qatoridan joy oldi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar