Matbuot sharhlari 25.03.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2119760
Matbuot sharhlari 25.03.2024

                                 

Star gazetasi: “Turkiya tolali infratuzilma boʻyicha Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, infratuzilma va texnologiya loyihalari bo’yicha muvaffaqiyatli ishlar olib borayotgan Turkiya, optik tolali infratuzilma sohasida Yevropa bo’yicha Fransiyadan keyin ikkinchi davlatga aylandi. Turkiyada optik tolali kabellar infratuzilmasi 18 million xonadonga yetib bordi.

 

Vatan gazetasi: “Otaturk aeroporti dunyodagi eng yirik texnologiya va tadbirkorlik markazi bo'ladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Fatih Kajir, Istanbul Otaturk aeroporti terminal binolarining kelajagi bilan bog'liq yig’ilish o'tkazganligini ma’lum qildi. “Istanbul Otaturk aeroporti terminali dunyoning eng katta texnologiya tadbirkorlik markaziga aylanadi” dedi vazir Fatih Kajir.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya neft qazib olishni tezlashtirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, Shirnak viloyatining Gabar hududida kuniga 37 ming barrel neft ishlab chiqarilganini ma’lum qildi. Vazir Bayraktar, “Ramazon oyi oxirida ishlab chiqarishni 40 ming barrelga oshiramiz. Maqsadimiz yil oxirigacha bu ko’rsatgichni 100 ming barrelga chiqarish”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Birja Istanbul uzoq muddatli istiqbolda hech qanday raqibni tan olmaydı” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, so'nggi 5 yilni o'sish sur’ati bilan yakunlagan Birja Istanbul, 2024 yilni samarali boshladi. Yil boshidan buyon 22 foiz bilan dunyoning eng tez o'sayotgan uchinchi bozori bo'lgan Birja Istanbul uzoq muddatli ish olib borayotgan investorlarni umidlantirmoqda .

 

Xabar turk gazetasi: “Galatasaray Yevropaning eng yuqori pog'onasida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Trendyol” Superligasida 81 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan “Galatasaray” jamoasi o‘z maydonida ustunlikni hech kimga boy bermayotir. Jamoa Yevropaning 5 ta oliy ligasi va Superliga miqyosida eng ko'p ochko to'plagan jamoa bo'ldi. "Galatasaray" bu mavsumda o'z maydonida o'tkazgan 15 o'yinning barchasida g'alaba qozonib, birinchi o'rinda bormoqda.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar