Matbuot sharhlari 20.03.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2117989
Matbuot sharhlari 20.03.2024

Hürriyet gazetasi: Yer silkinishi yuz bergan mintaqa jadal ravishda qayta tiklanmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an yer silkinishi yuz bergan mintaqada minglab yangi uy qurilishi jadal ravishda davom etayotganini qayd etdi. Yangi uy soni Yevropadagi ko‘plab davlat aholisi va uy sonidan ham yuqori ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, yer silkinishi yuz bergan mintaqada dunyoning eng yaxshi faoliyatlari olib borilayotganini ifoda etdi. 

Vatan gazetasi: Yil oxiriga qadar 200 mingta yangi uy qurilishi rejalashtirilmoqda. “Asr falokati” ziyon yetkazgan 11 viloyatda roppa – rosa yana 30 ming 723 kishi uyli bo‘ldi.  Prezident Erdo‘g‘an, yer silkinishi yuz bergan mintaqalarda 1.5 oyda yana 76 mingta yangi uy qurilganini bildirdi. Erdo‘g‘an, bu raqamni yil oxiriga qadar 200 mingga yetkazishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Sabah gazetasi: Iroq shimolida 27 ta terror nuqtaga zarba berildi. Iroq shimolidagi Metina, Zap, Hakurk, Gara va Qandil mintaqasida PKK terror tashkiloti tomonidan foydalanilgani aniqlangan boshpana va g‘orlardan iborat 27 ta nuqta havo amaliyotlari orqali yo‘q qilindi. Milliy Mudofaa vazirligi: “Hech qaysi shahidimizning qonini yerda qoldirmadik, qoldirmaymiz ham”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: PKKni yo‘q qilish strategiyasi uchun chora ko‘rildi. Shimoliy Iroqdagi PKK tahdidini yo‘q qilish uchun kelishib olgan Turkiya bilan Iroq, amalga oshiriluvchi faoliyatlarga e’tibor qaratdi. Yaqin kunlarda Bog‘doddan keluvchi bir hay’at bilan xavfsizlik jihati hal qilinadi. Qanday qilib PKKni ta’sirsiz holga keltirish ishlari rejalashtirilib, 25 moddadan iborat anglashuv memorandumi tayyorlanadi.

Haber Türk gazetasi: Turkiyaning po‘lat sanoati eksporti o‘sdi. Turkiyaning po‘lat sanoati eksporti yilning ilk ikki oyida 2023 - yilning shu davriga nisbatan 15.8 foiz oshib, 2 milliard 503 million 142 ming dollarga yetdi. Po‘lat eksporti eng ko‘p Ruminiyaga yo‘lga qo‘yildi va undan 192 million 284 ming dollar daromad olindi. Ruminiyadan keyin Italiya (136 million 499 ming dollar) bilan Germaniya (122 million 471 ming dollar) ekani qayd etildi.



Aloqador xabarlar