Matbuot sharhlari 22.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2105798
Matbuot sharhlari 22.02.2024

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an mahalliy jangovar samolyot haqida bayonot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an, kecha Afyonkarahisar viloyatiga tashrifi chog’ida, Turkiya 5-avlod qiruvchi samolyotini ishlab chiqarish yo'lida juda muhim bosqichdan o'tganini aytdi.

Erdo’g'an “KAAN” deb atalgan milliy jangovar samolyot haqida, "Milliy jangovar samolyotimiz “KAAN” bugun birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Biz buni amalga oshirdik va bundan keyin ham davom etamiz", dedi.

 

Sabah gazetasi: “KAAN samolarda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk aerokosmik sanoati (TAI) tomonidan ishlab chiqarilgan milliy jangovar samolyoti Anqara osmonida ilk parvozini amalga oshirdi. Murted aeroportidan parvoz qilgan jangovar samolyot, bir muddat parvoz qilgandan so'ng muvaffaqiyatli ravishda bazasiga qaytdi. Ushbu kun tarix sahifalaridan joy oldi.

 

Vatan gazetasi: “Jahon matbuoti Turk jangovar samolyotining ilk parvoziga o’rin berdi” sarlavhasibilan xabar berdi.

 Xabarga ko’ra, Turk milliy jangovar samolyotining ilk parvozi jahon matbuotida keng yoritildi. Bloomberg tarixiy parvozni "burilish nuqtasi" deb baholagan bo'lsa, Gretsiya matbuoti samolyotning ilg'or xususiyatlari haqida yozdi.

 

​Star gazetasi: “Somali Turkiyaning qarorini rasman tasdiqladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Somali vazirlar mahkamasi Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik bo’yicha imzolangan shartnomani ma’qullagani ma’lum qilindi. Somali Axborot vaziri Daud Aveys: "Ushbu muhim 10 yillik kelishuv Somali hukumatining o'z suverenitetini himoya qilish borasidagi sa'y-harakatlarini sezilarli darajada kuchaytiradi", dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Saudiya Arabistoni taraqqiyot fondidan 55 million dollar kredit” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasi Turkiya Respublikasi bilan 55 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi. Ushbu kredit "Davlat maktablarida zilzila xavfini kamaytirish loyihasi" doirasida foydalanishga mo'ljallangan.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar