Matbuot sharhlari 15.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2102673
Matbuot sharhlari 15.02.2024

 

Vatan gazetasi: “Misr va Turkiya munosabatlarida yangi sahifa ochildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an 12 yil oradan so'ng Misrga tashrifi chog'ida Misr yetakchisi Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashdi. Erdo’g’an, “Tijorat hajmimizni 15 milliard dollarga yetkazamiz”, dedi. Sisi esa, Turkiyaga tashrif buyurishini tilga oldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “İsh bilan ta’minlashda rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada respublika tashkil topganining 100 yilligi arafasida, aholi ish bilan bandlik ko’rsatgichi rekord darajaga yetib, 32 million 56 ming kishiga yetdi. 2023 yilning oxirgi oyida qayd etilgan 48,8 foiz bandlik darajasi so'nggi 19 yildagi eng yuqori ko'rsatkich sifatida qayd etildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Anqaraning AQShdan talablari” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O'nju Kecheli, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi va F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish jarayonidan so'ng AQSh va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarni baholadi. Aloqalarda hech qachon pasayish kuzatilmaganini ta'kidlagan Kecheli, AQShdan kutilayotgan narsa terror tashkiloti PKK bilan aloqalarini to'xtatishi ekanini aytdi.

 

Star gazetasi: “Global boykotdan keyin Turkiyaga talab ortdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya hukumati rasmiysi Tulay Go'kchimen, Isroilning 2023-yil 7-oktyabrda boshlagan G'azoga hujumlaridan keyin butun dunyo bo'ylab Isroil mahsulotlariga qarshi boykot kampaniyasi ommaviylashganini aytdi. Go’kchimen, boykotdan keyin turk mahsulotlariga talab ortganini aytdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya turizmda 2024 yil maqsadlariga erishadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, 60 million sayyoh va turizmdan 60 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganini aytdi. Ersoy, “Umid qilamizki, 2024 yilgi maqsadlarimizga bemalol erishamiz”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar