Matbuot sharhlari 12.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2100994
Matbuot sharhlari 12.02.2024

                              

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Shaharlarni qayta tiklash jarayonini yanada tezlashtiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an o’tgan yili 6-fevral kuni mamlakat janubida sodir bo’lgan vayronkor zilzilalardan so’ng hududni qayta tiklash harakatlari jadallik bilan olib borilayotganini ta’kidladi. Erdo'g'an, zilziladan zarar ko’rgan viloyatlarimizni qayta tiklash jarayonini yanada tezlashtiramiz” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g'an: Ishonchsizlik muhitiga yo'l qo'ymaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Adolat va taraqqiyot partiyasidan (AK partiya) Istanbulning Kuchukchekmece tumani hokimligiga nomzod Aziz Yeniayning saylov kampaniyasi chog'ida sodir etilgan qurolli hujumga munosabat bildirdi. “Turkiyaning ishonchsizlik muhitiga tortilishiga hech qachon ruxsat bermaymiz”,- dedi Erdo’g'an.

 

​Star gazetasi: “Pentagon: Turkiyaning dronlari rejalarimizni ostin-ustun qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Pentagon rasmiylari Turkiya mudofaa sanoati haqida iliq munosabat bildirdi. Rasmiylar, “Turk qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari texnologiyalaridagi innovatsion o'zgarishlarni qiziqish bilan kuzatib boryapmiz. Turkiyaning dronlari quruqlikdagi urushlar taqdirini ostin-ustun qildi”,- dedi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadagi ayol akademiklar soni Yevropa va Iqtisodiy Taraqqiyot va Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlaridan yuqori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadagi universitetlarda ayol akademiklar soni 46,4 foizga oshdi. Shunday qilib, Turkiya Yevropa va Iqtisodiy Taraqqiyot va Hamkorlik Tashkilotiga a’zo (OECD) mamlakatlardagi ayol akademiklarning sonidan oshdi. Ularda ayol akademiklar soni oʻrtacha 43 foizni tashkil qiladi.

 

Xabar turk gazetasi: “Birja Istanbul 2024 yilda eng yuqori pog'onaga chiqdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birja Istanbulning BIST 100 indeksi yil boshidan beri 21,1 foizlik daromad bilan dunyoning asosiy indekslarini ortda qoldirdi. Rekord darajasini yangilashda davom etgan BIST 100 indeksi ortidan 10,3 foiz bilan Yaponiyaning “Nikkei 225” indeksi kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar