Matbuot sharhlari 17.01.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2089883
Matbuot sharhlari 17.01.2024

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an yangi amaliyotlar uyushtirilishi mumkinligiga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an PKK terror tashkilotiga qarshi yangi amaliyotlar uyushtirilishi mumkinligiga e’tibor qaratar ekan bu borada: “Kelasi oyda kimning nima deyishi yoki tahdidlariga qaramay mutlaqo yangi qadamlar tashlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Vatan gazetasi: Turkiya terrorizmga qarshi deklaratsiya taklifini qabul qildi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh assambleyasida, “terrorizmga qarshi deklaratsiya” taklifi qabul qilindi. Unda, “Oxirgi terrorist ta’sirsiz holga keltirilgunga qadar, terror o‘z manbaida quritilgunga qadar, terror ortidagi barcha yordamlar bartaraf etilgunga qadar kurashimiz davom etadi. Buni butun dunyo bilishi zarur”. – deyildi.

Yeni Şafak gazetasi: Vazirlar ochiq – oydin gapirdi. Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, “Qanday bahona yoki qanday sabab bilan kim yordam berishidan qat’iy nazar, janubiy chegaralarimizda (Suriya shimoli) bironta ham terror yo‘lagi qurilishiga yo‘l qo‘ymaymiz”. – dedi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ham “Terrorizmga qarshi kurash ustidan olib borgan diplomatik uchrashuvlarimizni, dunyoning bir necha nuqtasida PKK borligini bila turib olib bormoqdamiz”. – dedi.

Star gazetasi: Turkiyaning kosmik sayohatida tarixiy qadam. Prezident Erdo‘g‘an rahbarligida amalga oshirilgan kosmik loyiha uchun Turkiya tarixiy qadam tashlash arafasida. Birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji, Xalqaro kosmik stansiyaga yuboriladi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Turkiyaning ilk kosmik yo‘lovchisi bilan uchrashdi. Prezident Erdo‘g‘an 2024 - yilning 18 – yanvar, haftaning payshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 01:11 da kosmosga safar qiluvchi Turkiyaning ilk kosmik sayohatchisi Alper Gezeravji bilan video konferensiya orqali uchrashdi. Erdo‘g‘an mavzu haqida X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali: “Kosmosga jo‘natuvchi ilk turk kosmonavtimiz o‘sib borayotgan, kuchiga kuch qo‘shilgan va qat’iyatli Turkiyaning yangi ramzidir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar