Matbuot sharhlari 28.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2081785
Matbuot sharhlari 28.12.2023

Vatan gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: 36 soatda 54 nafar terrorist yo‘q qilindi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha bergan bayonotida terrorga qarshi kurash mavzusiga to‘xtalib, “Turkiyaning yuksalishiga to‘sqinlik qilishni ko‘zlagan dahshatli terror hujumlari, muborak qadamlarimizni aslo to‘xtata olmaydı. Roppa – rosa 36 soatda 54 nafar terrorist yo‘q qilindi. Shahidlarimizning qoni aslo yerda qolmaydi”. – dedi.

Sabah gazetasi: Hakan Fidan amerikalik kasbdoshi bilan gaplashdi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan kecha AQSh Davlat kotibi Blinken bilan telefon orqali muloqot qildi.  Shvetsiyaning NATOga a’zoligi ustidan olib borilgan jarayonning Turkiya Buyuk Millat Majlisida davom etganini bildirgan vazir, F - 16 samolyotlari xaridi haqida esa, AQSh yetakchiligi bilan AQSh Kongressining ittifoq ruhiga munosib harakat qilishlari va o‘rtaga qo‘yilgan shartlar bajarilishi kutilayotganini ifoda etdi.

Hürriyet gazetasi: Guler: 59 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi. Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler kecha Iroq va Suriya shimolida olib borilgan amaliyotda 59 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirilganini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Rossiya Turkiya haqida bayonot berdi. Rossiya Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak, Turkiyada tabiiy gaz markazi tashkil etish haqidagi loyihaning yo‘l xaritasi yaqinda tasdiqlanishini ma’lum qilib, “Loyiha 2024 - yili yo‘lga qo‘yiladi degan umiddamiz”. – dedi.

Haber Türk gazetasi: Fatix Terim: Chempion bo‘lish uchun keldim. Gretsiyaning Panathinaikos jamoasi bilan kelishuv tuzgan Fatih Terim, Afinada bergan bayonotida, “Bilishimcha, Panathinaikos uzoq yillardan beri chempion bo‘la olmayapdi. Men chempion bo‘lish uchun keldim”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar