Matbuot sharhlari 19.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2078339
Matbuot sharhlari 19.12.2023

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an xalqaro hamjamiyatni mas’uliyat olishga chaqirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, xalqaro hamjamiyatning Isroilga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va qatliomni tugatish uchun mas’uliyat olishga chaqirdi. Erdo‘g‘an: “Zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatish va urushni tugatish uchun ilk kundan beri Turkiya sifatida qizg‘in diplomatik faoliyat olib bormoqdamiz”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Vengriyaga tashrif uyushtirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriyaga rasmiy tashrif uyushtirdi. Prezident Erdo‘g‘an bilan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasidagi uchrashuvlarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan faoliyatlar muhokama qilindi.

Yeni Şafak gazetasi: Viktor Orban: “Kelasi asr, Turkiya asri bo‘ladi”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Vengriya Bosh vaziri Orban Prezident Erdo‘g‘anning kelasi asr uchun buyuk loyihani o‘rtaga qo‘yganiga e’tibor qaratib, “Keyingi yuz yil sizning asr bo‘ladi. Bunga ishonchimiz komil”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Turkiya bilan Vengriya o‘rtasida energiya hamkorligi. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar Turkiya bilan Vengriyaning atom energiyasi, yer osti tabiiy gaz omborlari va suyultirilgan tabiiy gaz LNG terminallari sohasida hamkorlik qilishini ma’lum qildi. Bayraktar, “Atom energiyasi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Bu orqali mazkur sohadagi hamkorligimizni yanada institutsional tus olishini ko‘zlamoqdamiz”. – dedi.

Vatan gazetasi: Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarda viza muammosi hal qilinmoqda. Turkiyaning Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan viza muammosini hal qilish uchun olib borgan muzokaralar jadal tus oldi. Ayniqsa talabalar, akademiklar, ishbilarmonlar va san’atkorlar uchun bu jarayonni tezlashtirishga harakat qilinmoqda. Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlardan viza olmoqchi bo‘lgan turk fuqarolarining murojaatlarini rad etish darajasi oxirgi 10 yil ichida sezilarli darajada ortdi.

 



Aloqador xabarlar