Matbuot sharhlari: 12.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2075497
Matbuot sharhlari: 12.12.2023

Vatan gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: Ko‘rilgan chora – tadbirlarning ijobiy natija bergani bozorlarda sezilmoqda. Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an kecha bergan bayonotida, ko‘rilgan chora – tadbirlarning ijobiy natija bergani bozorlarda sezilganini qayd etdi. Erdo‘g‘an: “Oktabr oyidagi ishchi kuchi statistikasi, to‘g‘ri yo‘lda ekanimizdan dalolat beradi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi. 

Hürriyet gazetasi: Gabarda bir kunda 30 ming barrel neft ishlab chiqarilmoqda. Turk neft aksiyadorlik uyushmasi Gabarda bir kunda neft ishlab chiqarishning 30 ming barrelga yetganini bildirdi. Mavzu haqiqa X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, “Shirnakdagi Gabar tog‘i hududidagi Shahid Esma Chevik va Shahid Aybuke Yalchin konlarida ochilgan jami 23 quduqda, kuniga 30 ming barrel neft ishlab chiqarishga erishdik”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Sabah gazetasi: Shimshek: Ishsizlik nisbati 11 yil ichida eng past darajaga tushdi. G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, ishsizlik nisbati oktabr oyida 8,5 foizga tushib, uning, oxirgi 11 yilning eng past ko‘rsatkichi deb qayd etilganini ma’lum qildi. Shimshek bu haqida, “Yo‘lga qo‘ygan siyosatimiz natijalarini har kuni olyapmiz. Rejalarimiz birma – bir ishga oshmoqda”. – dedi.

Star gazetasi: Turk aviatsiya tarixida katta yangilik qayd etildi. Baykar tomonidan mahalliy va milliy manbalar bilan ishlab chiqarilgan turk texnologiyasining mo‘jizasi hisoblangan “Bayraktar TB2” qurolli insonsiz havo vositasi yangi rekord o‘rnatdi. Turk aviatsiya tarixida yangi zamin yaratgan “Bayraktar TB2” qurolli insonsiz havo vositasi, 750 ming soatlik parvozni muvaffaqiyatli ravishda yakunladi.

Haber Türk gazetasi: Mardinda dengiz jonzotlari tasvirlangan mozaikalar topildi.Mardinning Qiziltepe tumanidagi qutqaruv qazish maydonida Rim davriga oid villa xarobalari ichidan dengiz jonzotlari tasvirlari tushirilgan mozaikalar topildi.

 



Aloqador xabarlar