Matbuot sharhlari 07.12.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2073787
Matbuot sharhlari 07.12.2023

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an Isroilni ogohlantirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Isroil razvedka tashkiloti Mossadning ular orasida Turkiya ham o‘rin olgan dunyoning ba’zi davlatlaridagi Xamas yetakchilariga qarshi suiqasd uyushtirishi haqidagi iddiolarga e’tiroz bildirib: “Turkiyaga qarshi bunday qadam tashlashga jur’at etgudek bo‘lsalar unda, uning badalini, bellarini ko‘tara olmaydigan darajada to‘laydilar”. – deya gapirdi.

Star gazetasi: Turkiya Isroilga munosabat bildirdi. Tashqi Ishlar vazirligi, “Isroil hukumati bir tomondan G‘azodagi tinch aholiga qarshi vahshiylardek hujum uyushtirishni davom ettirar ekan, ikkinchi tomondan ishg‘ol ostidagi Falastin tuproqlaridagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytirmoqda. Buni keskin qoralaymiz”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Göktürk-1 sun’iy yo‘ldoshi 7 yoshida. Milliy Mudofaa vazirligi Turkiyaning kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlaridan biri bo‘lgan Göktürk-1 sun’iy yo‘ldoshining 7 yoshga to‘lganligini ma’lum qilib bu haqida, “Göktürk-1, koinotdagi vazifasi davomida dunyoni 37 ming 378 marta aylanib, 82 ming 913 ta tasvir oldi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk: Anadoluga oid 41 asar Turkiyaga olib kelinmoqda. AQShda qo‘lga kiritilgan Anado‘luga oid 41 ta tarixiy asar, Nyu - Yorkdagi Turkiya vakolatxonasiga topshirildi. Qaytarilgan tarixiy asarlar orasida bundan 60 yil avval, Burdurdagi Boubon qadimiy shahridan AQShga olib ketilib, turli muzey va kolleksiyalarga sotilgan ba’zi bo‘lakchalar ham bor.

Yeni Şafak gazetasi: Turizmde rekord qayd etildi. Dunyoning eng muhim turizm shaharlaridan biri boʻlgan Antaliya, 2023 - yilning noyabr oyi oxiri holatiga koʻra dunyoning 200 ga yaqin davlatidan kelgan 15 million 371 ming nafar mehmonni qabul qildi. Bu orqali Antaliya 2023 – yilda, sayyohlar sonining ko‘pligi jihatidan turizm tarixining eng yuqori rekordini o‘rnatdi.

 

 



Aloqador xabarlar