Matbuot sharhlari 13.09.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2036665
Matbuot sharhlari 13.09.2023

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an yangi konstitutsiya haqida bayonot berdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “Turk asri” g‘oyasini amalga oshira olish uchun fuqarolik, demokratik, liberal va qamrab oluvchi yangi konstitutsiya zarurligini ta’kidladi. Erdo‘g‘an, yangi konstitutsiya ustida ishlash uchun parlamentdagi barcha guruhlar bilan uchrashishlarini bildirdi.

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an Liviyaga ta’ziya izhor etdi. Prezident Erdo‘g‘an, Liviya Prezidentlik kengashi rahbari Muhammad al - Manfiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo‘g‘an unda, Liviyada sodir bo‘lgan sel falokati tufayli Manfiyga hamdardlik bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Isroil matbuoti: “Erdo‘g‘an bizga saboq bermoqda”. – dedi. Isroilning nufuzli gazetalaridan biri bo‘lgan «Haaretz» sharhlovchisi Zvi Barel, bu galgi maqolasida Turkiya bilan Isroilni solishtirdi. «Erdo‘g‘an Isroilga liberalizmdan dars bermoqda» degan sarlavha bilan chop etilgan ushbu maqolada, inson huquqlariga e’tibor bermagan Tel Aviv boshqaruvi qattiq tanqid qilinib, Erdo‘g‘anning, inson huquqlariga bo‘lgan munosabati Isroilga saboq ekani ta’kidlandi.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqi: Turkiya eng muhim sherik bo‘lishni davom etmoqda. Yevropa ittifoqi komissiyasining Qo‘shnichilik va kengayishdan mas’ul a’zosi Oliver Varhelyi, «Biz uchun Turkiya bilan bo‘lgan aloqalarimiz juda muhimdir. Turkiya nomzod davlat bo‘lishni, NATO ittifoqchisi, yonma yon qoʻshni va Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz hamda Qora dengiz mintaqalari barqarorligi va xavfsizligi jihatidan asosiy sherik boʻlishni davom etmoqda». – dedi.

Hürriyet gazetasi: ShKTR BMTga munosabat bildirdi. Kiprda o‘tgan oyda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) nazorati ostidagi tampon zonada joylashgan Pile qishlog‘ining yo‘l qurilishi chog‘ida BMT Tinchlikparvar kuchlari askarlari bilan taranglik kelib chiqdi. Shuning ortidan tunov kuni poytaxt Lefkosiyada yana bir taranglik qayd etildi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar mavzu haqida gapirar ekan, «BMTning xolisligi shubha tug‘dirdi». – dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar