Matbuot sharhlari 06.09.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2033682
Matbuot sharhlari 06.09.2023

Hürriyet gazetasi: Turkiyani energiya bazasiga aylantiryapmiz. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, bir kunlik ish safari bilan Rossiyada bo‘lib qaytdi. Qaytar chog‘ida samolyotda kun tartibini baholadi va bu haqida: “Turkiyada tashkil etiladigan tabiiy gaz markazi bilan ham energiya uzatish, ham da narxlarda shaxdam qadamlar tashlanadi. Yurtimizni energiya bazasiga aylantiramiz, buning uchun zarur infratuzilma va jismoniy imkoniyatlarni ta’minlaymiz”. – dedi.

Sabah gazetasi: Hakan Fidan gretsiyalik kasbdoshi bilan uchrashdi. Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Gretsiya Tashqi Ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis bilan uchrashdi. Uchrashuvdan keyin bayonot bergan Fidan, “Gretsiya bilan yangi va ijobiy davrga kirdik”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya va Yaponiyadan muhim qadam. Savdo vaziri O‘mer Bolat, “Turkiya va Yaponiya o‘rtasida savdo va sarmoya sohalarida hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida ilgari tashkil etilgan Turkiya - Yaponiya Savdo va sarmoya sammitini eng qisqa vaqtda Tokioda o‘tkazish va bu sammitlarni bundan buyon muntazam ravishda uyushtirish haqida qaror qabul qildik”. – dedi.

Vatan gazetasi: Turkiya 1 milliard 795 million dollarlik findik eksport qildi. Turkiya, 2022 - 2023 eksport mavsumida findikdan 1 milliard 795 million dollar daromad oldi.  Qora dengiz Findik va mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, nomi tilga olingan davrda chet elga 298 ming 557 tonna findik eksport qilingani va undan 1 milliard 795 million 189 ming 783 dollar daromad olingani qayd etildi.

Star gazetasi: Voleybol bo‘yicha Turkiya ayollar milliy terma jamoasi yangi maqsadlar sari yo‘l oladi. Voleybol bo‘yicha dunyo va Yevropa chempioni bo‘lgan Turkiya ayollar milliy terma jamoasi 8-sentabr kuni Parij olimpiadasi saralash bosqichi uchun Yaponiyaga yo‘l oladilar. Milliy terma jamoa B guruhida Yaponiyadan tashqari Braziliya, Belgiya, Bolgariya, Puerto - Riko, Argentina va Peru bilan kuch sinashadi.   



Aloqador xabarlar