Matbuot sharhlari 22.08.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2027668
Matbuot sharhlari 22.08.2023

Sabah gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan BMT Tinchlikparvar kuchi provakatsiyasiga qattiq e’tiroz bildirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Tinchlikparvar kuchlarining Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) mustaqilligi ostidagi hududlarga jismoniy aralashuvi, Turkiya jihatidan qabul qilinishi imkonsiz holat ekanini qayd etdi. Prezident, BMT Tinchlikparvar kuchlaridan kutilayotgan narsa, barqarorlikni buzuvchi xatti - harakatlar oʻrniga oʻz nomiga munosib tarzda muomala qilib, oroldagi barcha tomonlarning insonparvarlik ehtiyojlarini hal qilishga hissa qoʻshish ekanini taʼkidladi.

Haber Türk gazetasi: Erdoʻgʻan Shvetsiyadan bergan va’dasini bajarishga chaqirdi. Prezident Erdoʻgʻan, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish protokollarining parlamentdan tez oʻtishi, Shvetsiyaning va’dalariga sodiqligi bilan toʻgʻridan - toʻgʻri bogʻliq ekanini ta’kidladi. Turkiya, Shvetsiyadan NATOga a’zo boʻlish uchun terrorizmdan uzoqlashishni talab qilmoqda.

Star gazetasi: Gʻarb uchun muvozanatni oʻzgartirgan tashrif. Prezident Erdoʻgʻanning Vengriya davlatining tashkil etilgan kunini nishonlash munosabati bilan borgan poytaxt Budapeshtda amalga oshirgan uchrashuvlari, dunyo matbuoti e’tiborini oʻziga jalb etdi. Associated Press axborot agentligining ta’kidlashicha, marosimda Erdoʻgʻandan tashqari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Al - Son, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham ishtirok etgani ta’kidlandi. Nomi tilga olingan axborot agentligi, ushbu holat Gʻarb davlatlari uchun kuchlar muvozanatini oʻzgartirishi mumkinligini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya Qur’on – i Karim hujumiga e’tiroz bildirdi. Turkiyaning Kopengagen va Gaagadagi elchixonasi bilan ba’zi musulmon davlatlari elchixonalari oldida Qur’on-i Karimning yoqish harakatlari davom etar ekan, Daniyaning Anqaradagi elchixonasining muvaqqat ishlar vakili va Niderlandiya elchixonasining elchi - maslahatchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Chaqirilgan vakillarga Qur’on – Karimga qarshi qoʻl urilgan hujumlardan bezovta boʻlganliklari va bu harakatlar keskin qoralangani yetkazilib, e’tiroz etildi.

Yeni Şafak gazetasi: Investorlarning Turkiyaga boʻlgan qiziqishi ortdi. Turkiyaning iqtisodiy reyting koʻrinishidagi ijobiy atmosferaga qoʻshimcha ravishda, xorijdan investitsiya kiritish talablari kela boshladi. Markazi Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan Ethos Asset Management, Turkiyadagi kompaniyalarga 2024 - yilgacha 250 million dollar, 2024 - yil oxirigacha 516 million dollarlik moliyaviy yordam berishini e’lon qildi.

 



Aloqador xabarlar