Matbuot sharhlari 16.08.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2025363
Matbuot sharhlari 16.08.2023

Hürriyet gazetasi: Nemis gazetasida Turkiya haqida ajoyib tahlil. Dunyoning ko‘plab davlatiga eksport qilinayotgan, urushda va tinchlikda ishtirok eta oladigan Turkiyaning Insonsiz Qurolli - qurolsiz havo transportlari bu gal nemis matbuoti kun tartibida. Markazi Germaniyada joylashgan Frankfurter Allgemeine, Turkiyaning qurol sanoatini muhokama qildi. “Turk harbiy sanoati har qachongidan ham muvaffaqiyatli” degan Germaniya gazetasi, ko‘plab davlatlarning Turk Insonsiz havo transporti xaridori ekanini ta’kidladi.  

Sabah gazetasi: Moody’s, Turk banklari prognozini ko‘tardi. Xalqaro kredit reyting agentligi Moody’s, turk banklari prognozini salbiydan barqarorgacha ko‘tardi.

Haber Türk gazetasi: Mug‘laga kelgan polshalik sayyohlar soni ortmoqda. Turkiyaning muhim turizm markazlaridan biri bo‘lgan Mug‘laga 7 oyda kelgan 1 million 779 ming 356 nafar sayyohning 120 ming 328 nafari polshaliklardan iborat.

Yeni Şafak gazetasi: Sumela monastirida o‘ninchi marosim o‘tkazildi. Trabzonning Machka tumanida Sumela monastirida Fener Rum Patriarxi Varfolomey boshchiligidagi o‘ninchi marosim o‘tkazildi. Varfolomey unda, 2010-yildan buyon marosim uchun ruxsat bergan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va davlat boshqaruvidagilarga minnatdorchilik bildirdi.

Star gazetasi: Galatasaroy OlimpijaLjubljana jamoasini 1:0 hisobiga mag‘lub qildi. UEFA Chempionlar ligasining 3-saralash bosqichida “Galatasaroy”, Sloveniya vakili “Olimpija Ljubljana” jamoasi bilan kuch sinashdi. Galatasaroy jamoasi raqibini Mauro Ikardi otgan goli orqali 1:0 hisobiga mag‘lub qilib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

 

 



Aloqador xabarlar