Matbuot sharhlari 05.07.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2007278
Matbuot sharhlari 05.07.2023

Hürriyet gazetasi: Fidan Shvetsiyaga munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Shvetsiyadagi xunuk provokatsiyaga munosabat bildirdi. “Biz Shvetsiyada Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan jirkanch hujumni va ogohlantirishlarimizga qaramay mazkur hujumning ko‘rmaslikka olinishini keskin qoralaymiz”.-degan Hakan Fidan, “Shvetsiyaning aʼzoligi strategik va xavfsizlik nuqtai nazaridan NATOga yuk boʻladimi yoki foyda keltiradimi degan savol bundan buyon yana da koʻproq mubohasalarga ochiqdir”, - dedi.

Star gazetasi: Turkiya bilan Misr bir-biriga elchi tayin qilish arafasida. Turkiya bilan Misr oʻrtasidagi diplomatik aloqalar elchixona darajasiga koʻtarilgani ma’lum qilindi. Qoʻshma bayonotda, Mutlu Shenning Turkiyaning Qohira elchisi etib tayinlanishi, Amr Elhammaining esa Anqara elchisi lavozimi uchun nomzod qilib koʻrsatilgani bildirildi.

Sabah gazetasi: THY, “Eng barqaror bayroq tashuvchi havo yoʻli” deb topildi. Turk Havo Yoʻllari xalqaro moliya nashri World Finance tomonidan “Eng barqaror bayroq tashuvchi havo yoʻli”, mukofoti bilan taqdirlandi.

Haber Türk gazetasi: Oliy taʼlim kengashi QSning 2024-Jahon universitetlari reytingi haqida bayonot berdi. Turkiyaning Oliy taʼlim kengashi (YÖK) tomonidan berilgan bayonotga koʻra, QS dunyodagi yetakchi 2963 universitet sifatini baholadi va ulardan 1503 universitet 2024-Jahon Universitetlari reytingi roʻyhatiga kiritildi. Unda Turkiyaning 25 ta universiteti oʻrin oldi.

Yeni Şafak gazetasi: Robot “Sophia” Chamlija minorasida radio efiri olib boradi. Insonga eng koʻp oʻxshagan va sun’iy intellekt mahsuloti boʻlgan robot “Sophia”, 6-7 iyul kunlari Jenevadan olib boriluvchi radio eshittirishiga Istanbuldagi Chamlija minorasidan ishtirok etadi. Bu orqali, dunyoda birinchi marotaba bir radio dasturini robot olib boradi.

 



Aloqador xabarlar