Matbuot sharhlari 29.05.2023
Prezidentlik Hukumat Tizimi bilan birinchi marta ikkinchi turni boshdan kechirgan Turkiya, Rajap Tayyip Erdo’g'anni yana bir bor Prezident etib sayladi.

Matbuot sharhlari 29.05.2023
Haber Turk: Prezident Erdog'anning 17-g'alabasi
Prezidentlik Hukumat Tizimi bilan birinchi marta ikkinchi turni boshdan kechirgan Turkiya, Rajap Tayyip Erdo’g'anni yana bir bor Prezident etib sayladi. Barcha viloyatlarda va xorijda ovozlarini oshirgan Erdog'an, poygani raqibi Kemal Kilichdarog'ludan oldinda yakunladi va mahalliy va umumiy saylovlarda 17-g'alabasini e'lon qildi.
Hurriyet: Prezident Erdog’an: 14-28-may g’oliblari 85 million fuqaromizdir.
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Istanbulda 2-Prezidentlik saylovlaridan keyin nishonlagan xalqqa xitob qildi.“14 va 28 may kunlari boʻlib oʻtgan saylovlarda 85 million fuqaromiz gʻolib chiqdi.Yana bir narsani aytgan edim, hech kim yutqazmaydigan tarzda g'alaba qozonamiz, shuning uchun bugun faqat Turkiya g'olib bo'ldi" dedi.
Sabah: Turkiyaga tabrik maktublari kelmoqda
Prezidentlik saylovlaridan keyin butun dunyodan Prezident Erdog’anga tabrik maktublari keldi.Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevdan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Saniga, Liviya Bosh vaziri Dibeybedan Pokiston Bosh vaziri Sharifga qadar ko’plab lider Erdog’anni tabrikladi.
Star: Qatardagi Al Jaber Towers Prezident Erdog'an surati va Turk bayrog'i bilan yoritilgan
Qatarning ramziy inshootlaridan biri bo'lgan Al Jaber Towers Turkiyada bo'lib o'tgan Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida erishilgan muvaffaqiyat tufayli Turkiya bayrog'i va Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'anning surati bilan yoritildi.
Vatan: Putindan Erdog'anga tabriklar
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, yo'llagan maktubida Prezident Rajap Tayyip Erdog'anni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.