Matbuot sharhlari 10.04.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1972325
Matbuot sharhlari 10.04.2023

Star gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an “IMECE” haqida post qoldirdi. Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, mahalliy va milliy manbalar bilan ishlab chiqarilgan birinchi yuqori aniqlikdagi kuzatuv sun’iy yo‘ldoshi “IMECE”ning 11-aprel kuni ishga tushirilishini bildirdi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Fatih Do‘nmez bayonot berdi, Bloomberg butun dunyoga e’lon qildi. Turkiya Qora dengiz gazini quriqlikka olib chiqish arafasida. Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do‘nmez tomonidan berilgan bayonotni o‘z sahifasida chop etgan AQShning Bloomberg agentligi, bu vaziyatni, “Turkiya o‘zi topgan gazni may oyidan e’tiboran uylarga yetkazib berishni rejalashtirmoqda”.-degan sarlavha bilan bo‘lishdi.

Yeni Shafak (Şafak) gazetasi: Avtomobil sanoatida tarixiy rekord qayd etildi. Turk avtomobil sanoati mart oyida oylik bazda tarixiy rekord qayd etdi va 22,8 foiz o‘sish bilan 3,3 milliard dollarlik eksport yo‘lga qo‘ydi.

Haber Turk (Türk) gazetasi: Qishloq xo‘jaligi eksportida rekord kuzatildi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i 8 milliard 626 million dollar bilan birinchi chorakda barcha davrning eng yuqori eksportiga erishdi.

Sabah gazetasi: Nuri Erso‘y: Dunyoda AQShdan keyin eng ko‘p kino eksport qilgan davlatmiz. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y, “Mannu Chanoqqal’ada” deb nomlangan animatsion filmining premyerasida, “Yurtimiz kino sanoatida oldingi qatorda. Dunyoda AQShdan keyin eng ko‘p kino eksport qilgan davlatmiz”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar