Matbuot sharhlari 27.03.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1965571
Matbuot sharhlari 27.03.2023

Star gazetasi: Erdo‘g‘an: “Maqsadimiz bir yilda tabiiy ofat hududini qayta tiklash”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “Maqsadimiz 1 yilda 319 mingta ijtimoiy va tijoriy bo‘linma, jami 650 mingta uy qurish orqali tabiiy ofat yuz bergan hududni qayta tiklashdir”.-dedi.

Haber Turk (Haber Türk) gazetasi: Erdo‘g‘an xalqning birlik va hamjihatligini olqishladi. Prezident Erdo‘g‘an xalqning birlik, birdamlik va birodarlik fazilati qanchalik kuchli ekaniga oxirgi yer silkinishi falokatida yana bir bor guvoh bo‘lganliklarini ta’kidladi. Erdo‘g‘an, “Do‘st va qardosh mamlakatlar bosh bo‘lish bilan birga xalqaro yordamlarni ham aslo unutmaymiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Murat Kurum tabiiy ofat hududida yangi shaharlar barpo etishlarini qayd etdi. Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishi vaziri Murat Kurum, “Yer silkinishi yuz bergan hududda bugungacha 53 ming 830 uyning qurilish jarayonini boshlatdik. Ularning 22 ming 467 tasiga poydevor qo‘ydik. Qayta tiklash va qurilish jarayoni bilan 11 viloyatimizda yangi shaharlar barpo etamiz”.-deya gapirdi.

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Chavusho‘g‘lu bilan Guterrish telefon orqali muloqot qildi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu bilan Guterrish unda, chiqindisiz hayot tashabbusi va Istanbul Don yo‘lagi kelishuvini qo‘lga olgan.

Vatan gazetasi: Din ishlari boshqaruvi Erbash, daniyaliklarga murojaat qildi. Din ishlari rahbari Ali Erbash Daniyada Qur’on-i Karim va Turk bayrog‘iga qarshi uyushtirilgan hujum ustidan daniyaliklarga murojaat qildi. Ali Erbash unda: “Ey daniyaliklar, ko‘plab inson Qur’on orqali yomonliklardan uzoqlashib, yaxshilar qatoridan o‘rin oldi. Turk bayrog‘i ham rangini, uning uchun shahid bo‘lganlarning qon rangidan oldi. Shunday ekan keling Qur’onni o‘qib, Turk bayrog‘ini tanib, ichingizdagi yovuzlarga qarshi eng katta javobni bering”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar