Matbuot sharhlari 17.03.2023

Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) va Millatchi Harakat partiyasi (MHP) guruhlari, Rajap Tayyip Erdo’g’anni  Prezidentlikka nomzod sifatida ko’rsatilishi bilan bog’liq guruh qarorini qabul qildi.

1961074
Matbuot sharhlari 17.03.2023

 

Haber Turk: "AK Partiya va MHPning  prezident  nomzod Erdo’g'an"

Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) va Millatchi Harakat partiyasi (MHP) guruhlari, Rajap Tayyip Erdo’g’anni  Prezidentlikka nomzod sifatida ko’rsatilishi bilan bog’liq guruh qarorini qabul qildi.

Hurriyet: “Erdo’g’an: Millatimiz Turk davlatlarining qo’llab-quvvatlashini unutmaydi”

Prezident Erdo’g’an, Turkiy Davlatlar Tashkilotining Favqulodda Sammiti yig’ilishida Turk dunyosi liderlariga xitob qildi.

  6-fevraldagi zilzilalarda birinchilardan bo'lib Turk dunyosi yordam berganini tilga olgan Erdo'g'an, "Xalqimiz sizning qo'llab-quvvatlaganingizni hech qachon unutmaydi" dedi.

Star: “Erdo’g’an: Putin va Zelenskiyni muzokaraga qaytarishga harakat qilyapmiz”Prezident Erdo'g'an, Rossiya va Ukraina tomonlarini muzokara stoliga oxirigacha qaytarish uchun harakatlarini davom ettirajaklarini bildirdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muntazam ravishda muloqotda bo’lganliklarini ta’kidlagan Erdog’an, “Biz vositachilik qilgan Qora dengiz don kelishuvi va keng qamrovli mahbuslar almashinuvi tomonlarning umumiy fikrda uchrasha olishini ko’rsatdi” dedi.

Yeni Shafak: “Aliyev: Turkiya dunyoda nufuzli davlat”

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Favqulodda Sammitida bayonot bergan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiyaning nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda taniqli davlatga aylanganini, ayni paytda kuch markazi ekanligini aytdi.

Sabah : "Togg raqiblarini ortda qoldirdi"Turkiyaning elektr avtomobili Toggning birinchi T10X modeli, jumladan C-SUV, Xitoy, Janubiy Koreya va Yevropa brendlari,u o'z segmentidagi boshqa elektromobillarni diapazoni, zaryadlash va narx ustunligi bo'yicha ortda qoldirdi. Togg T10X kokpitidagi ekrandan aqlli maishiy texnika, sayohatni rejalashtirish va onlayn xaridlarni ham boshqarish mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar