Matbuot sharhlari 03.03.2023

O'rtayer dengizining eng muhim turizm markazlaridan biri bo'lgan Antaliyaga 1-yanvardan 28-fevralgacha havo yo'li bilan tashrif buyurgan sayyohlar soni 450 ming 283 nafarni tashkil etdi.

1954166
Matbuot sharhlari 03.03.2023

 

Yeni Shafak gazetasi: Chavusho’g’lining G20dagi keng qamrovli islohot xabari

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li kecha Hindistonning poytaxti Dehlida bo’lib o’tgan G20 tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida bergan bayonotida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi va Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti kabi tashkilotlari, Jahon Savdo Tashkiloti va xalqaro moliya institutlari keng qamrovli islohotga muhtoj ekanini qayd etdi.

Vatan gazetasi: G20 yig’ilishi zilzilalarda halok bo’lganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi

Hindistonning poytaxti Yangi Dehlida o'tkazilgan G20 Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi kecha 6 fevral kuni sodir bo'lgan Kahramanmarash markazli  zilzilada hayotdan ko'z yumganlar uchun bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.

Hurriyet gazetasi: Vazir Akar, Xorvatiyalik kasbdoshi Banozich bilan uchrashdi

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, kecha Xorvatiya Mudofaa vaziri Mario Banozich bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda Turkiya va Xorvatiya o'rtasidagi mudofaa va xavfsizlik masalalari haqida ma'lumot almashganliklarini bildirdi.

Sabah : Antaliya yana turizmda yetakchi

O'rtayer dengizining eng muhim turizm markazlaridan biri bo'lgan Antaliyaga 1-yanvardan 28-fevralgacha havo yo'li bilan tashrif buyurgan sayyohlar soni 450 ming 283 nafarni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich tarixga turizmdagi barcha davrlarning eng yaxshi starti sifatida kirdi.

Star: Isroil Turkiyani afzal ko'rdi

Turkiyaning Isroilga shisha buyumlar eksporti 400 million dollarga yetgan bo'lsa, turk firmalari bu raqamni oshirish va yangi mijozlarga ega bo'lish uchun Isroilga borganligi bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar