Matbuot sharhlari 25.01.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1937684
Matbuot sharhlari 25.01.2023

Star gazetasi: Prezident Erdo‘g‘anning so‘zlari dunyo kun tartibida keng o‘rin oldi. Irqchi siyosatchi Rasmus Paludanning Qur’on-i Karimga bo‘lgan hujumidan keyin Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shvetsiya yetakchiligiga e’tiroz bildirdi. Erdo‘g‘anning undagi, “NATO borasida bizdan hech qanday yordam ololmaysiz”, - degan so‘zlari jahon matbuoti sarlavhalarida keng o‘rin oldi.

Haber Türk gazetasi: Niderlandiyaning Anqara elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Niderlandiyaning Anqara elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va ortidan tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda: “Niderlandiyaning Gaaga shahrida islomga qarshi bir shaxsning muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karimni nishonga olgan jirkanch harakatini keskin qoralaymiz”, - deyildi.

Sabah gazetasi: Ibrahim Kalin Niderlandiyagi Qur’on-i Karim hujumiga e’tiroz bildirdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Niderlandiyagi Qur’on-i Karim hujumiga bo‘lgan e’tirozida: “Bu fashistik nafrat jinoyatini hech kim erkinlik va bag‘rikenglik sifatida himoya qila olmaydi. Yevropa bu qorong‘u yo‘lni to‘xtatishi kerak”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar: “Zap, terroristlardan qutqarildi”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, «Panja – kalit» amaliyotida ma’lum bosqichga kelinganiga e’tibor qaratib: “Zap mintaqasi (Iroqning shimolida) ma’lum darajada terroristlardan qutqarildi. «Panja - kalit» amaliyoti bilan birgalikda Iroq chegarasidagi 302 kilometrlik chiziqda tinchlik o‘rnatildi va 506 nafar terrorist yo‘q qilindi”.- dedi.

Vatan gazetasi: Selchuk Bayraktar Kizilelma haqida ma’lumot bo‘lishdi. Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar, “Bizning uchuvchisiz qiruvchi samolyotimiz KIZILELMA, tizimini aniqlash parvozini muvaffaqiyatli ravishda yakunladi. Yurtimiz va millatimizga hayrli va omadli bo‘lsin”, - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar