Matbuot sharhlari 21.12.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1921848
Matbuot sharhlari 21.12.2022

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlining Shvetsiyaga munosabati. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, Shvetsiya Oliy mahkamasining FETO qochogʻi Bulent Keneshning ekstraditsiya qilinishi haqidagi talabning rad etishini, “salbiy” natija deb baholadi va mavzu haqida: “Shvetsiya va Finlyandiyadan chiroyli soʻzlar emas, aniq harakatlarni koʻrishni istaymiz”, - dedi.

Star gazetasi: Hulusi Akar, hech kimdan ruxsat olmasliklarini qayd etdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Suriya shimolidagi terror obyektlariga qarshi amaliyot boshlatish ehtimoli haqida, “PKK/YPG terror tashkiloti Türkiye tinchligi va xavfsizligini nishonga olmoqda. Yurtimiz va chegaralarimizning himoya qilinishi uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shartining 51-moddasidan kelib chiqqan mudofaa huquqimizdan foydalanyapmiz. Buni amalga oshirar ekanmiz, kimlardandir ruxsat olishimiz shart emas”. - dedi.

Vatan gazetasi: Mahalliy havo mudofaa tizimlari uchun yangi qaror. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan yetakchiligida oʻtkazilgan Mudofaa sanoati ijroiya qoʻmitasi yigʻilishi ortidan berilgan bayonotda, Türkiyening havo mudofaasini mustahkamlash maqsadida Siper, Hisar va Sungur tizimlarining yangi seriyaviy ishlab chiqarilishlari boʻyicha qaror qabul qilingani qayd etildi.

Yeni Şafak gazetasi: Bayraktar TB2 xarid qilgan davlatlar soni 27 deb qayd etildi. Albaniya hukumati bilan Baykar Teknoloji oʻrtasida Bayraktar TB2 Qurolli insonsiz havo transporti xarid qilib olish boʻyicha shartnoma imzolandi. Bu orqali, Bayraktar TB2 xarid qilib olgan davlatlar soni 27 taga yetdi.

Haber Türk gazetasi: Koʻja Yusuf Türkiyega qaytdi. Bundan roppa-rosa 10 oy oldin Ukrainaga insonparvarlik yordami yetkazib berish va turk fuqarolarini evakuatsiya qilish maqsadida ketgan ammo havo sohasining bekitilishi tufayli Borispol aeroportida qolib ketgan “A400M” rusumidagi ikkita samolyot Türkiyega qaytdi.

 

 



Aloqador xabarlar