Matbuot sharhlari 13.12.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1918301
Matbuot sharhlari 13.12.2022

Yeni Shafak (Yeni Şafak) gazetasi: Prezident Erdo‘g‘andan neft haqida suyunchli xabar. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Türkiye Innovatsiya haftaligi Inovalig chempionlari taqdirlash marosimida so‘zlagan nutqida, “Turli viloyatlardan neft haqida yaxshi xabarlar kelmoqda. Kelasi yili mahalliy neft ishlab chiqarishimizni kuniga 100 ming barrelga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz”. - dedi.

Hurriyet (Hürriyet) gazetasi: Hulusi Akar Gretsiyani ogohlantirdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, “Gretsiya mantiqsiz va qonun talablariga zid gaplari bilan taranglikni orttirish uchun har qanday tashabbuslarga qo‘l urmoqda. Bunga yo‘l qo‘yishimiz imkonsiz. Ertangi kunlari yaxshi bo‘lishini istaganlar, kechagi va bugungi kunda hatolaridan qaytishlari kerak”.-dedi.

Star gazetasi: Forbes jurnali Türkiyening harbiy samalyotlari haqida maqola chop etdi. Butun dunyo e’tibori 2023-yili samoda bo‘luvchi Milliy jangovar samolyot (MMU), Qizilelma, Hurjet va Go‘ksungurda (Göksungur). Amerikaning Forbes jurnali “Mana, 2023-yili uchishi rejalashtirilgan Türkiyening harbiy samolyotlari” degan sarlavha ostida qalamga olgan maqolasi orqali Türkiyening raketa va insonsiz havo transportlarini yaqindan kuzatuvga oldi.

Sabah gazetasi: Ramzlar ko‘prigi tarix sahifalaridan o‘rin oldi. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, “1915 Chanoqqal’a ko‘prigi”ning dunyoning eng baland osma ko‘prik sifatida tarix sahifalaridan o‘rin olganini ma’lum qildi.

Haber Turk gazetasi: 125,9 million dollarlik Turk losos balig‘i eksport qilindi. 2022- yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt mobaynida Turk losos balig‘i eksporti 207 foizga ortgan holda, 125 million 858 ming 348 dollarga yetdi.

 



Aloqador xabarlar