Matbuot sharhlari 22.11.2022

Haber Turk gazetasi: “Erdo’g’an: Terrorizmga hech qanday imtiyoz yo’q” dedi.

1909200
Matbuot sharhlari 22.11.2022

 

Haber Turk gazetasi: “Erdo’g’an: Terrorizmga hech qanday imtiyoz yo’q” dedi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Iroq va Suriyaning shimolida bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPGga qarshi yakshanba kuni boshlangan “Panja-qilich” operatsiyasida kerakli ishni qilganliklarini va bundan keyin ham shunday qilishlarini bildirdi. Erdo’g'an, terrorga qarshi hech qachon yon bermasliklarini aytdi.

Sabah gazetasi: “Panja-qilich operatsiyasida yo’q qilingan  terroristlar soni ” ma’lum bo’ldi.

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Panja qilich operatsiyasida 184 nafar terroristning yo’q qilinganini ma'lum qildi. “Terroristlar bilan hisob-kitob qilish vaqti keldi” degan Akar, “O’tgan hafta Beyo’g’luda, kecha esa chegara chizig’i O’njupinar va Karkamishda  uyushtirgan hujum  va yomonliklarining  javobini  beramiz” dedi.

Yeni Shafak: “Altunning Karkamish bayonoti: Hisob so’raymiz”

Gaziantepning Karkamish tumanidagi raketa hujumi haqida bayonot bergan Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, “Begunoh tinch aholiga qarshi hujumlarini davom ettirayotgan terror tashkiloti YPG/PKK hujumlariga xavfsizlik kuchlarimiz javob bermoqda. “Operatsiyalarimiz oxirgi terrorist  yo’q  bo‘lganicha davom etadi,

Star: "Shvetsiyadan ajoyib bayonot"

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom, Turkiya tomonidan Shimoliy Iroq va Suriyada terrorga barham berish maqsadida boshlangan 'Panja-qilich havo operatsiyasi' haqida gapirar ekan, 'Turkiya terror hujumiga duchor bo'lgan bir davlat va terror hujumlariga duchor bo'lgan davlatlar o'zini himoya qilish huquqiga ega” degan ifodaga o’rin bergan.

Hurriyet: “Stoltenberg: Erdo’g’an asosiy rol o’ynadi”

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi urush 24 fevraldan beri davom etayotgan bir paytda, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya va Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning don yo'lagi kelishuvini kengaytirish va asir almashishda juda muhim rol


Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #Panja- qilish , #PKK , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar