Matbuot sharhlari 19.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1894922
Matbuot sharhlari 19.10.2022

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: Turkiya joziba markaziga aylandi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, bugungi kunda Turkiyaning o‘qimishli farzandlari xorijga ketgan emas, xorijda tahsil olgan yoshlariga quchoq ochgan joziba markaziga aylanganini qayd etdi. Erdo‘g‘an, “Endi Turkiya, rivojlangan davlatlar qatorida”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Ibrahim Kalin Gretsiya masalasida G‘arb davlatlariga e’tiroz bildirdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, G‘arb davlatlarining ikki yuzlamachiligiga e’tiroz bildirdi. Unda, Gretsiya muhojirlarni har kuni yo‘ldan qaytarishiga qaramay G‘arb davlatlarining mazkur voqealar oldida jimjirt qolishiga e’tibor qaratdi. Buni faqatgina xususiy yig‘ilishlarda tan olgandek muomala qilgan G‘arb davlatlaridan Ibrahim Kalin, quloqlarga pichirlash o‘rniga, ochiq-oydin o‘rtaga qo‘yishlarini talab qildi.

Vatan gazetasi: Mahalliy raketa sinovdan o‘tkazildi. Turkiyaning Rize viloyatida ROKETSAN tomonidan ishlab chiqarilgan mahalliy va “Tayfun” deb nomlangan raketa sinovdan o‘tkazildi. U, quriqlikdan dengizni ko‘zlagan otishda roppa-rosa 561 kilometrlik masofani urishga muvaffaq bo‘ldi.

Star gazetasi: Grek askarlar Turk raketalarini tomosha qildi. Turk Qurolli kuchlarining otashli kuchi namoyish etilgan va “Ateş Serbest-2022” deb nomlangan mashq o‘tkazildi. Unda mahalliy va milliy qurollar ham o‘rin olar ekan uni, ko‘plab mamlakatning harbiy atteshesi tomosha qildi. Tomosha qilganlar orasida Gretsiya, Ukraina, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillari ham bor edi.

Sabah gazetasi: THY, 2023-yili Amerikadan 2 million sayyoh olib kelishni rejalashtirmoqda. Turk Havo yo‘llari (THY) Boshqaruv va ijroiya qo‘mitasi raisi professor doktor Ahmet Bolat, bu yil Turkiyaga 1 million amerikalik sayyoh kelganini ma’lum qildi. Bolat, “Kelasi yili Turkiyaga 2 million amerikalik sayyoh olib kelishni rejalashtirmoqdamiz”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar