Matbuot sharhlari 12.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1867005
Matbuot sharhlari 12.08.2022

                                  

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an Xalq madaniyat markazidagi tadbirda ma’ruza qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Turkiyaning elektr ishlab chiqarish quvvatiga yiliga qariyb 1,9 milliard kilovatt-soat hissa qo'shadigan “Yusufeli” nomli eng baland suv ombori qurilishi nihoyasiga yetmoqda”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Flores: Turkiyaning roliga qoyil qolaman” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Guatemala tashqi ishlar vaziri Flores Turkiyaning Rossiya-Ukraina urushini to’xtatish yo’lidagi sa’y-harakatlariga to’xtalib, “Turkiya diplomatiyasining bu inqirozga barham berishda o’ynagan ro’liga qoyilman. Juda muhim kelishuvni amalga oshirdilar va dunyoga umid bahsh etdilar”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Do’nmezdan tabiiy gaz bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do’nmez kecha Qora dengiz gazi bilan bog'liq bayonotida, "Mart oyida o'z gazimizdan foydalanishni boshlashimiz mumkin" dedi.

 

Vatan gazetasi: “Karaismailog’li Istanbul aeroporti haqida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilmalar vaziri Adil Karaismailog'li Istanbul aeroporti kuniga Yevropa aeroportlarini ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallab kelayotganini ta'kidlab, "Istanbul aeroporti kabi mega loyihalar va ko’rilgan choralar natijasida bagaj, transport va parvozlarda muammolarga duch kelmayabmiz”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “THY iyul oyida 7.8 mln yo’lovchiva xizmat berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo'llari (THY) iyul oyida 7,8 million yo'lovchiga xizmat berdi. 2022-yil iyul oyida yoʻlovchi tashish nisbati 86,1 foizni tashkil etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar