Matbuot sharhlari 09.08.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an kechagi 13-Elchilar konferensiyasida so'zlagan nutqida, "Masjid-i Aqso bizning qizil chizig'imizdir" dedi va "Bolalarni va go'daklarni o'ldirish uchun bahona bo'lishi mumkin emas.

1865309
Matbuot sharhlari 09.08.2022

 

Hurriyat: “Prezident Erdo‘g‘on: Go‘daklarni o‘ldirish uchun bahona yo‘q”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an kechagi 13-Elchilar konferensiyasida so'zlagan nutqida, "Masjid-i Aqso bizning qizil chizig'imizdir" dedi va "Bolalarni va go'daklarni o'ldirish uchun bahona bo'lishi mumkin emas.  Turkiya G'azolik birodarlarimizning yonida deya bildirdi.

 Sabah : "Chavusho’g'lu: Isroilning hujumlarini qoralaymiz"

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li kechagi 13-Elchilar konferensiyasida, “Isroilning Masjidul-Aqsaga kirishga bo’lgan tashabbusi hech qachon qabul qilinmaydi, Isroilni qattiq qoralaymiz va kecha e’lon qilingan sulhning doimiy bo’lishini istaymiz” dedi u.

Yeni Shafak: “Peskov: Erdog’an muzokaralarda katta rol o’ynaydi”

Rossiya Prezidentlik saroyi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Ukraina bilan olib borilgan muzokaralar haqida, "Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an haqiqatan ham bir qancha muzokaralar raundini tashkil qilishda katta rol o'ynadi". dedi.

Vatan: "Birinchi batareya TOGGda ishlab chiqarildi"

29-oktabrda, guruhdan chiqishi e'lon qilingan mahalliy avtomobil TOGGda ish to'liq tezlikda davom etmoqda. Nihoyat, Gebzedagi Batareyani rivojlantirish markazida birinchi prototip akkumulyator ishlab chiqarilgani va muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazilgani e'lon qilindi.

Star: "Baykarga kutilmagan taklif"

Turkiya tomonidan ishlab chiqarilgan, ayniqsa, transchegaraviy operatsiyalarda ajoyib muvaffaqiyati bilan butun dunyoni hayratda qoldirgan Bayraktar TB2 SİHA'lar uchun yangi bir talabgor paydo bo'ldi. Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulaziz Fan va Texnologiya Korporatsiyasi (KACST) Turkiyaning Baykar Teknoloji kompaniyasi bilan Saudiya Arabistonida mahalliy darajada turli turdagi uchuvchisiz havo vositalarini ishlab chiqish uchun muzokaralar olib borayotganini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar