Matbuot sharhlari 26.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1859534
Matbuot sharhlari 26.07.2022

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: Hammani imzolarini himoya qilishga chaqiramiz. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, kecha Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining (TRT) maxsus dasturida bergan bayonotida, “Don eksport qilish haqidagi kelishuv maasalasida hammani imzolarini himoya qilishga chaqiramiz va zimmasiga olgan javobgarchilikka munosib harakat qilishlarini kutyapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: O‘mer Chelikdan bayonotlar. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, partiyasining markazdagi ijroiya kengashi kun tartibi haqida bayonotlar berdi. Chelik unda: “Don inqirozining hal qilinishi jihatidan Istanbul kelishuvi judayam muhimdir”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar amerikalik kasbdoshi bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda o‘zaro va mintaqaviy masalalar qo‘lga olindi.

Star gazetasi: Terrorizm, Turkiya va biz uchun bir xil xavfdir. Eron Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Nasir Kenani, Iroqdagi oxirgi vaziyatlarga e’tibor qaratgan holda terrorizmning Eron, Iroq va Turkiya uchun bir xil xavf ekanini qayd etdi.

Sabah gazetasi: Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 6 milliondan oshdi. Antaliyaga joriy yilning 1-yanvaridan 24-iyuligacha havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 107 foizga ortdi. Bu orqali yuqorida qayd etilgan vaqt mobaynida bu yilgi sayyohlar soni 6 million 133 ming 463 nafar.

 



Aloqador xabarlar