Matbuot sharhlari 08.07.2022

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez Adana Jayhandagi neft konini ko'zdan kechirdi.

1853526
Matbuot sharhlari 08.07.2022

 

Vatan "Turkiya va Malayziyaning mushtarak qarori"

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Malayziya Bosh vaziri Ismoil Sabri Yakub bilan o'tkazgan mushtarak matbuot anjumanida, "Oziq-ovqat xavfsizligi, energiya, atrof-muhit va iqlim o'zgarishi kabi bugungi muammolar oldida birdamligimizni oshirishga kelishib oldik.  Mahalliy vaktsina TURKOVAC, Malayziyada foydalanishva  birgalikda vaktsinani ishlab chiqishni   rejalashtirmoqdamiz. Dedi u.

Yenisafak "AQSh Bayraktar TB2s nusxasini yaratdi"

Bosh qarorgohi Kaliforniyaning San-Luis-Obispo shahrida joylashgan Edge Autonomy AQSh armiyasi uchun Bayraktar TB2 ning kichik nusxasi bo'lgan Penguin (PENGUIN) nomli dronni ishlab chiqdi. Kompaniya AQSh armiyasi bilan noma'lum sondagi Pingvinlar uchun shartnoma imzolaganini e'lon qilgan bo'lsa-da, ushbu dron Bayraktar TB2 bilan o'xshashligi bilan diqqatni tortdi.

Hurriyat "Vazir Dönmez: 358 metrda neft topdik, bu rekord"

Energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez Adana Jayhandagi neft konini ko'zdan kechirdi. Vazir Do’nmez, "Mintaqada neft zaxirasi 7 yarim 8 million barrel. Chukurova 2 dan 358 metr masofada neft topdik va bu rekorddir" dedi.

Star "Turkiya va Isroil o'rtasidagi tarixiy kelishuv"

Turkiya va Isroil o'rtasida 1951 yildan beri ilk bor aviatsiya shartnomasi imzolandi. Erishilgan kelishuv bilan Isroil havo yo'llari shirkatlari Turkiyadagi ma'lum nuqtalarga parvozlarni amalga oshiradi.

Sabah gazetasi, “Turk findiqlari yilning birinchi yarmida 124 mamlakatda xaridor topdi”

Turkiya, 2022 yil yanvar-iyun oylarida 149 ming 701 tonna findiq eksportidan 835 million 97 ming 371 dollar daromad oldi. Germaniya 212 million 641 ming 734 dollar bilan eng ko'p findiq sotib olgan davlat bo'ldi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar