Matbuot sharhlari 28.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1849101
Matbuot sharhlari 28.06.2022

Star gazetasi: Chegaradan tashqarida harbiy amaliyot o‘tkazilishi mumkun. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida: “Suriya bilan bo‘lgan chegaralarimizda tashkil eta boshlagan xavfsizlik koridorida kamchiliklar bor. Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilgan kerakli tayyorgarliklarimiz tugashi bilan yangi amaliyotlarni boshlaymiz”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Hech qaysi ittifoqdoshimiz Turkiyachalik hujumga uchramadi. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, “Hammamizning xavfsizlik tashvishlari NATOga a’zolik jarayonining bir bo‘lagi sifatida e’tiborga olinishi zarur. Hech qaysi ittifoqdoshimiz Turkiyachalik hujumga uchramadi. Bunga PKKning hujumlari ham doxil”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘andan neft borasida suyunchli xabar. Prezident Erdo‘g‘an Adanada ikkita quduqda neft qidirish faoliyati olib borilgani, unda yuqori sifatda neft topilgani va uning zaxira qiymati taxminan 1 milliard dollar deb hisoblangani haqida ma’lumot bo‘lishdi.   

Yeni Şafak gazetasi: Chavusho‘g‘lu: Zangazur yo‘lagi tezroq ochilishi kerak. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Turkiya-Ozarbayjon-Qozog‘iston tashqi ishlar va transport vazirlari yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida Turkiyaning Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jarayonni qo‘llab-quvvatlashiga e’tibor qaratgan holda: “Ozarbayjonning gʻarbiy viloyatlari bilan Naxchivonni bogʻlovchi Zangazur yoʻlagini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaymiz va yoʻlakning tezroq ochilishini kutyapmiz”.-deya gapirdi.

Haber Türk gazetasi: Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 4 milliondan oshdi. Antaliyaga 1-yanvardan 26-iyungacha havo yo‘li orqali kelgan chet ellik sayyohlar soni, o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 193 foizlik ortish bilan 4 millionga yetdi.



Aloqador xabarlar